O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Marg‘ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasining ochilish marosimidagi nutqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Marg‘ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasining ochilish marosimidagi nutqi

Assalomu alaykum, muhtaram Farg‘ona ahli! Qadrli do‘stlar! Bugun qadimiy va betakror Farg‘ona zaminida ulkan tarixiy voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz.

Buyuk ipak yo‘li durdonasi bo‘lgan ko‘hna Marg‘ilon shahrida sizlar bilan birga “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasining ochilish marosimida ishtirok etmoqdamiz. Siz azizlarni, butun Farg‘ona viloyati ahlini ana shunday quvonchli voqea, katta bayram bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Mana shunday ulug‘vor majmua barchamizga muborak bo‘lsin! Farg‘ona eli, butun xalqimizga ko‘p yillar davomida xizmat qilsin! Hurmatli vatandoshlar! Mehnatkash, oqko‘ngil va olijanob Farg‘ona ahliga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom ifodasi sifatida bu zaminda katta-katta ishlarni amalga oshiryapmiz. Shu maqsadda, avvalo, viloyatni 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi hayotga izchil tatbiq etilyapti. Jumladan, qadimiy Qo‘qon shahrini har tomonlama obod qilib, bu yerda aeroportni qayta tikladik. Marg‘ilon, boshqa shahar va tumanlar, qishloq va mahallalar qiyofasi ham tubdan o‘zgarib, ularga Yangi O‘zbekiston nafasi kirib bormoqda. Zamonaviy ishlab chiqarish majmualari, ta’lim, tibbiyot va madaniyat maskanlari, IT-parklar, “Yangi O‘zbekiston” turar joy massivlari barpo etilmoqda. Bularning barchasi aholi uchun qulay mehnat va turmush sharoitlarini yaratish, har bir yurtdoshimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish, inson qadrini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Umuman, barcha soha va tarmoqlarda Farg‘ona o‘zining tajriba maktabiga ega bo‘lib borayotgani hammamizni xursand qiladi. Ushbu hudud keyingi paytda nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro miqyosdagi yirik anjumanlarga ham mezbonlik qilmoqda. Qo‘qon shahrida xalqaro hunarmandchilik festivali, Rishtonda kulolchilik anjumanini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining hududlararo hamkorlik forumlari ham Farg‘onada muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda. Sizlarga ma’lumki, so‘nggi yillarda milliy me’morchilik yechimlarini qo‘llagan holda, tarixiy va zamonaviy an’analarni mujassam etgan yirik turistik majmualar barpo etishga alohida e’tibor beryapmiz. Xususan, Samarqandda “Buyuk ipak yo‘li” va Imom Buxoriy majmualari, Xorazmda “Arda Xiva” xalqaro turizm markazi ishga tushirildi. Yaqinda azim poytaxtimizda ochilgan, Yangi O‘zbekiston durdonasi sifatida e’tirof etilayotgan Islom sivilizasiyasi markazi ham bu borada ulkan qadam bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, ushbu majmua ekspozisiyasida Farg‘ona tarixiga alohida o‘rin ajratilgan. Bu maskanda to‘rtta yirik portaldan bittasi Qo‘qon portali deb ataladi, Birinchi Renessansning buyuk namoyandalari – Ahmad Farg‘oniy va Burhoniddin Marg‘inoniy bobolarimiz faoliyati atroflicha yoritilgan. Bularning barchasi – Farg‘ona viloyatiga, bu zamin farzandlariga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Yana bir muhim jihati – ana shunday majmualar tufayli joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonga 3 millionga yaqin xorijiy sayyoh tashrif buyurdi va turizm eksporti 1,1 milliard dollardan oshdi. Bu, albatta, dastlabki natija, kelajakda uning salmog‘i yanada katta bo‘ladi deb ishonaman. Qadrli farg‘onalik yurtdoshlarim! Ma’lumki, bu so‘lim diyordan yetishib chiqqan, ma’naviy hayotimizda o‘chmas iz qoldirgan Uvaysiy, Nodira, Anbar otin, Dilshod Barno, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Charxiy, Sobir Abdulla kabi shoir va adiblar nomlari xalqimiz o‘rtasida ma’lum va mashhur. Shuningdek, Aziz Qayumov, Erkin Vohidov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Oxunjon Hakimov, Umarali Normatov, Enaxon Siddiqova, Anvar Obidjon singari olimlar, shoir va adiblar yaratgan asarlar ham xalqimizning ma’naviy mulkiga aylangan. O‘zbek san’ati va madaniyati ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Muhiddin Qoriyoqubov, Tamaraxonim, Halima Nosirova, Mukarrama Turg‘unboyeva, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Tavakkal Qodirov, Saodat Qobulova, Berta Davidova, Murodjon Ahmedov, Nabi Rahimov, Hamza Umarov singari ulug‘ san’atkorlar bilan butun xalqimiz faxrlanadi. Bugungi davramizda Abduhoshim Ismoilov, Abdulahad Abdurashidov, Qilichbek Tojiyev kabi ustoz san’atkorlar bilan birga o‘nlab iste’dodli yoshlarni ko‘rib turganimdan xursandman. Bu – Farg‘ona zaminida avlodlar o‘rtasidagi an’analar davom etayotganidan dalolatdir. Bugun ularning san’atidan bahramand bo‘lish ham biz uchun katta bayramdir. Chindan ham, bizning qanday buyuk san’atimiz, o‘zining mahorat maktabiga ega bo‘lgan san’atkorlarimiz bor! Shu o‘rinda sizlarga bir yangilikni yetkazmoqchiman. Biz san’at ahlining mehnati va iste’dodini qadrlash, ijodiy asarlarini kelajak avlodlarga yetkazish bo‘yicha katta ishlarni reja qilyapmiz. Elimiz suygan mashhur hofizimiz Sherali Jo‘rayev, o‘zbek estrada san’ati yulduzi Farrux Zokirovning alohida maktablarini tashkil etdik. Ushbu an’anani davom ettirib, farg‘onalik ustoz san’atkorlarning ham mahorat maktablarini ochamiz. Bundan tashqari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat va san’at vakillari bilan katta muloqot o‘tkazamiz. Ushbu muloqotda soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari suramiz. Aziz do‘stlar! Xalqimizda “To‘yga to‘yona bilan” degan yaxshi gap bor. Farg‘onaga bu safar ham yangi-yangi tashabbuslar, katta-katta loyihalar bilan keldim. Maqsad – viloyat rivojini yangi bosqichga olib chiqish, uni barcha sohalarda namunali hududga aylantirishdan iborat. Bugun ochilayotgan “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi shu yo‘lda, hech shubhasiz, yangi davrni boshlab beradi. Milliy me’morchilik an’analari asosida bunyod etilgan, 35 gektar maydonni egallagan betakror majmua Islom huquqshunosligi instituti, maqom teatri, ochiq amfiteatr, o‘lkashunoslik muzeyi, adib va san’atkorlar xiyoboni, hunarmandlar markazi, mehmonxona va servis shoxobchalari singari ko‘plab bino va inshootlarni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi, avvalo, Marg‘inoniy bobomizning boy ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, hududning qadimiy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash, ziyorat turizmini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ishonchim komil, Yangi O‘zbekiston mo‘’jizalari qatoridan munosib o‘rin egallaydigan bu muhtasham obida Farg‘ona viloyatining tashrif qog‘ozlaridan biriga aylanadi. Bugun biz orzu qilayotgan yangi Buxoriy, Termiziy, Farg‘oniy, Xorazmiy va Marg‘inoniylar avlodi qayerdan yetishib chiqadi? Albatta, ular mana shunday ma’rifat, ilm va ziyo maskanlarida tarbiya topadi. Shu ma’noda, sizlar bilan birga kelajakka xizmat qiladigan juda katta ezgu ishni amalga oshirdik, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi. Biz ushbu majmuani aynan Marg‘ilon shahrida barpo etganimiz zamirida juda chuqur tarixiy va hayotiy haqiqat mujassam. Bu tabarruk shahar ko‘plab ilm va ma’rifat egalarini voyaga yetkazgan. Tarixiy manbalarda aytilishicha, mazkur qutlug‘ maskan “Ma’rifat ahlining vatani” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan. Biz ana shunday qudratli ma’naviy merosimizga tayanib, Marg‘ilon, butun Farg‘ona tarixining shon-sharaf kitobiga yangi sahifalar bitmoqdamiz. Bu bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi. Fursatdan foydalanib, majmuani barpo etishda ishtirok etgan olim va loyihachilarga, muhandis va quruvchilarga, ishchi va xizmatchilarga, ushbu olijanob ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatli insonlarga samimiy minnatdorlik izhor etaman. Ezgu ishlarimizda buyuk ajdodlarimizning ruhlari hamisha qo‘llab-quvvatlasin! Yangi O‘zbekiston, Yangi Farg‘ona ravnaqi va shuhrati yanada ziyoda bo‘lsin! Katta rahmat sizlarga, doimo sog‘-omon bo‘linglar!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Ёшлар ўртасидаги УЕФА Чемпионлар лигасида иккинчи бор ғолибликни қўлга киритди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Eron Isroil bilan aloqa qilganligi uchun yuqori lavozimli amaldorni qatl qildi

Бу ҳақда Эроннинг расмий суд портали хабар бермоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

“Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi

Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Arag‘chi nima sababdan Pokistonga tashrif buyurganini bilasizmi?

Бу ҳақда Эроннинг Tasnim ахборот агентлиги хабар берди.

Eron AQShga yangi taklif yubordi

Эроннинг янги таклифи - Ҳўрмуз бўғозини очиш ва ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Isroil prezidenti korrupsiyada ayblanayotgan bosh vazir Binyamin Netanyahuni afv etishni rad etdi

Доналд Трамп Нетаняҳу афв этилишини талаб қилмоқда. У Герцогни бу қарорга келмаётгани учун “ожиз" деб атаган.

Angrenda og‘ir YTH sodir bo‘ldi (video)

26 апрель куни соат 23:10 да “А-373” йўлининг 93-км қисмида HOWO юк машинаси ҳайдовчиси бошқарувни йўқотиб, 4 та автомобиль билан тўқнашган.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.

Isroil zarbalari: Livanda qariyb 2,5 ming kishi halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, ҳужумлар оқибатида тинч аҳоли орасида қурбонлар сони юқори бўлиб қолмоқда.

Livanda ko‘chirilgan ayollar uylariga qaytmoqda: “Hamma joyda vayronagarchilikni ko‘rdim”

2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.

AQShda o‘lim jazosi tiklandi. Endi mahkumlar otib o‘ldirilishi ham mumkin

Вазирлик энг оғир жиноятларни жиловлаш учун ушбу жазо туридан фаолроқ фойдаланишини билдирди.

Yaponiyaning Ivate prefekturasida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Ёнғин Оцути шаҳридаги аҳоли пунктларига яқинлашгани сабабли 1500 дан ортиқ хонадон ва 3233 нафар фуқарога эвакуация қилиш тўғрисида буйруқ берилди.

Surxondaryodagi suv havzalaridan biri neftga o‘xshash modda bilan ifloslandi

Айтилишича, сел оқими нефть сақланган сунъий омборга зарар етказган бўлиши эҳтимолдан холи эмас.

Chirchiqda bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ДХХ ва ИИВ органлари томонидан уюшган жиноятчиликка қарши курашиш йўналишида тезкор-қидирув тадбири ўтказилган.