Jakarta yaqinidagi Bekasi shahrida ikkita poyezd to‘qnashib ketishi natijasida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi va 38 kishi jarohatlandi. To‘qnashuv Bekasi temir yo‘l stansiyasida shahar atrofiga qatnovchi poyezd va uzoq masofaga harakatlanuvchi poyezd ishtirokida sodir bo‘lgan.
Indoneziya temir yo‘l kompaniyasi matbuot kotibi Enn Purbaning ma’lum qilishicha, uzoq masofaga harakatlanuvchi poyezdning barcha 240 nafar yo‘lovchisi xavfsiz joyda. Shahar atrofiga qatnovchi poyezdda qancha odam bo‘lgani va jarohatlangan yo‘lovchilarning aniq soni hozircha noma’lum.
Mamlakat parlamenti spikeri o‘rinbosari Sufmi Dasko Ahmad qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno qilmadi. Hozirda voqea joyida qutqaruvchilar va 20 ga yaqin tez yordam mashinasi ishlamoqda. Qutqaruvchilar vagonlar ichida qolib ketgan yo‘lovchilarni chiqarib olish uchun maxsus uskunalardan foydalanishyapti.
Jakarta polisiyasi boshlig‘i Asep Edi Suxerining so‘zlariga ko‘ra, hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
FIFA вазиятни ўрганиб чиқиб, нафақат 48 та иштирокчи жамоага бериладиган пулни, балки барча 211 та аъзо давлатга ажратиладиган ривожланиш маблағларини ҳам кўпайтирмоқчи.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.