Namanganda 2 yoshli qizaloq uyini yoqib yubordi

Namanganda 2 yoshli qizaloq uyini yoqib yubordi

2019 yil 7 yanvar kuni Namangan shahar Quyi Rovuston MFYda yashovchi 25 yoshli N.F.(ismli ayol)ning uyida 2 yashar qizi M.A.ni bolalar maneji ichida nazoratsiz qoldirgan. Natijada go‘dak gugurtni olib o‘ynashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Natijada alanga xonadagi pardaga o‘tib, yonayotgan parda bolaning ustiga tushgan vaqtida N.F. tomonidan o‘chirilgan. Oqibatda ona va bola kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!