Namanganda ayolini qo‘shnisidan rashk qilgan qotil erga hukm o‘qildi

Namanganda ayolini qo‘shnisidan rashk qilgan qotil erga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudida o‘zining shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘ini begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘layotgani haqida gumon qilib ayolini qasddan bo‘g‘ib o‘ldirgan o‘ldirgan Qodir Raximovga (ism shariflari o‘zgartirilgan) nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Qodirning suddagi ko‘rsatmasi

- Men aybimga to‘liq iqrorman, haqiqatdan ham, 2017 yilning may oyida Malika Hasanova bilan shar’iy nikoh asosida turmush qurganman. 2020 yilning boshlaridan Malikani qo‘shnimi Axror bilan ishqiy munosabatlarda bo‘layotganligi haqida shubhalanib, uni kuzata boshladim. Negadir Malika qizlik uyiga ketgan vaqtlarida Axror ham yashash xonadonida yo‘q bo‘lib qolardi. Shu sabab orada ancha janjallashib, yana yarashib yashab yurdik, o‘sha voqea bo‘lgan kuni soat 05:30 larda uyqudan uyg‘onib, tashqariga chiqib kelganidan so‘ng Malikani uyg‘otib, suv isitgin boshimni yuvib olaman deb uni sochidan silamoqchi bo‘lganimda "Malika meni bo‘g‘mang, agarda bo‘g‘sangiz IIB xodimlarini chaqiraman" deb aytib qoldi. Shundan so‘ng jahl ustida uni 15-20 daqiqa bo‘g‘ib turdim.... Malikani vafot etganidan so‘ng o‘z ixtiyorim bilan tuman IIBga borib, bo‘g‘ib o‘ldirganini aytib berdim. Xatomni tushunib yetdim, pushaymonman.

Jabrlanuvchining qonuniy vakili marhum Malikaning otasi

- Men marhuma Malika Hasanovani otasi Murod Hasanovman... qizimni shar’iy nikoh asosida Qodir Raximovga turmushga berganman. Birgalikdagi turmushlari davomida bir nafar farzandli bo‘lishgandi. Marhum qizim biror marotaba ham oilaviy nizosi haqida bizga aytmagan. O‘sha mash’um kuni hamkasbim Jamshid telefon orqali Malikaning yashash xonadoniga keling deb aytdi. Borganimda.... IIB xodimlari xonadonni o‘rab olishgan...., shifokorlar ham borligini ko‘rdim. Shifokorlar menga tinchlantiruvchi ukol qilib, yashash xonadonimga tashlab ketishgadi. O‘zimga kelgach, marhum qizimni shu qotil rashk qilgani sababli o‘ldirganini bildim. Meni qizim birov bilan ishqiy munosabatda bo‘lmagan..., og‘ir-bosiq qiz bo‘lgan..., suddan qonuniy chora ko‘rishni so‘rayman.

Sud hukmi

Sud hay’ati, sudlanuvchi, jabrlanuvchining qonuniy vakili va guvohlarning ko‘rsatuvlarini eshitib, dastlabki tergov va sud jarayonida to‘plangan dalillarni tekshirib, muhokama qilib, ularga xolisona baho berib, jinoyat ishidagi hujjatlarni tahlil qilib, taraflarning fikrlarini hamda sudlanuvchining oxirgi so‘zini tinglab, sudlanuvchi Qodir Raximovni O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, 13 (o‘n uch) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Sultonmaqsud Xolbatirov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq  tuman sudining raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!