Musulmon olima Yerdan Marsgacha bo‘lgan masofani ikki kundan kam vaqtda bosib o‘tadigan dvigatelni ixtiro qildi

Musulmon olima Yerdan Marsgacha bo‘lgan masofani ikki kundan kam vaqtda bosib o‘tadigan dvigatelni ixtiro qildi

AQSh energetika vazirligining Prinston Plazma fizikasi laboratoriyasi (PPPL) olimi Fotima Ibrohimiy bir kun kelib insonlarni Marsga olib chiqa oladigan yangi termoyadro raketasini ixtiro qildi.

Ushbu dvigatel yordamida Yerdan Marsgacha 55 mln km masofani ikki kundan kam vaqt ichida bosib o‘tish mumkin. Ibrohimiyning termoyadro dvigateli kosmik kemani sekundiga 500 kilometrga – soatiga 1,8 million kilometrga tezlashtira oladi.

Mynamaz.ru ma’lumotlarga ko‘ra, Ibrohimiy kiritgan yangilik zarralarni ko‘chirish uchun elektr maydonlaridan foydalanadigan zamonaviy raketa dvigatellariga qaraganda 10 barobar tezroq Qizil sayyoraga kosmik qahramonlarni yetkazib beradi.

"Bu g‘oya ilk bor men kemaning ustida o‘tirganimda va avtomobilda gaz chiqishi va yuqori tezlikda chiqindi gaz zarralari o‘rtasidagi o‘xshashliklar haqida o‘ylayotganimda 2017 yilda tug‘ilgan edi", - olimning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Dailymail nashri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!