Muborakda gaz ishlab chiqarish zavodi bor. Ammo aholiga ko‘mir sotilyapti. Nega?

Muborakda gaz ishlab chiqarish zavodi bor. Ammo aholiga ko‘mir sotilyapti. Nega?

Ijtimoiy tarmoqlarda Muborak tumani hududida aholiga arzon narxlarda ko‘mir tarqatilayotgani tanqid qilingandi. Hokimlik ushbu tanqidlarga izoh berdi.

"Ijtimoiy tarmoqda qandaydir tentakmiyalar (@tentakminds)ning rasmiy telegram kanalimizda Muborak tumani hududida aholiga arzon narxlarda ko‘mir tarqatilayotgani xususidagi xabarimizga nisbatan bildirgan fikrlariga munosabat. 

Ta’kidlash lozimki, tuman hududidagi hamma qishloqlar ham tabiiy gazga ulanmagan va o‘sha hududlardagi aholiga suyiltirilgan gaz ballonlarida gaz tarqatiladi. Xonadonlarni qizitish uchun esa ko‘mir va o‘tinga moslashgan pechlardan ham foydalaniladi. Shu bois qish-qirovli kunlarda aholiga qulaylik sifatida tuman hokimligi tashabbusi bilan o‘sha hududlarga oddiy ko‘mir va ko‘mir briketlari imtiyozli narxlarda tarqatilmoqda.  

Bu degani janob “tentakmiya” hissiyot bilan ta’kidlagani kabi “butun tumanda gaz yo‘q” yoki gazlashmagan hududlarga ko‘mir tarqatilgani “odamlar ustidan kulish” degani emas. Balki aholini manfaatini ko‘zlab qilinayotgan harakatdir", deyiladi munosabatda.

Bu munosabatga @tentakminds ham ajoyib javob qaytardi:

"Xo‘sh, endi bir o‘ylab ko‘raylik-chi, Muborakda eng katta gaz ishlab chiqarish zavodi joylashmaganmi? 

Shu zavodda hech bo‘lmasa, shu Muborak tumani aholisining haqqi yo‘qmi? Nega 21 asrda gaz quvurining yonginasida yashayotgan aholi ko‘mir yoqishi kerak? Bunga siz va sizga o‘xshagan amaldorlar aybdor emasmi?"


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!