Moskvada tiriklay yonib ketgan migrantlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor

Moskvada tiriklay yonib ketgan migrantlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor

Moskva shahridagi mehnat migrantlari yashagan xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida fuqarolar vafot etgani haqida xabar bergandik.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu hodisa yuzasidan o‘rganish ishlarini boshladi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 28 iyuldan 29 iyulga o‘tar kechasi Alma-Atinskaya ko‘chasidagi 7-korpus, 2-uyda joylashgan xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan va 4 nafar fuqaro jarohat olgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etganlarning 2 nafari (S.N., 2003 yilda tug‘ilgan va A.A., 1986 yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.

Ushbu hodisa yuzasidan Brateevo tumani tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Shu bilan birga, ushbu hamyurtlarimiz jasadlarini Vatanga olib kelish bo‘yicha barcha choralar ko‘riladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!