Moskvada ofisiant qiz liftga chiqib, fojiaga yo‘liqdi

Moskvada ofisiant qiz liftga chiqib, fojiaga yo‘liqdi

Moskvadagi kafelardan birida ishlaydigan ofisiant ayolning bo‘ynini oshxona lifti qisib qoldi. Bu haqda 9 avgust, yakshanba kuni REN TV ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 30 yoshli Mariya K. kasalxonaga yotqizilgan. Voqea ish paytida sodir bo‘lgan. U oshxonadan idishni ikkinchi qavatga olib borish uchun liftga chiqqan. So‘ng oshpazni chaqirish niyatida boshini liftdan chiqargan va tasodifan lift tugmachasini bosib yuborgan.

Ayni damda ayol jonlantirish bo‘limida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!