Moskvada jurnalist Golunovni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan aksiyada qo‘lga olinganlar soni 400 kishiga yetdi

A A A
Moskvada jurnalist Golunovni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan aksiyada qo‘lga olinganlar soni 400 kishiga yetdi

Moskvada Ivan Golunovni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilayotgan aksiyalarda qo‘lga olinganlar soni 400 kishiga yetdi. Bu haqda «Vedomosti» xabar berdi.

Rasmiylarning ma’lumot berishicha, aksiyada jami 1 200 kishi qatnashgan.

«Meduza» nashrining jurnalisti Ivan Golunovni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi Moskva rasmiylari tomonidan tasdiqlanmagan. Hibsga olish ham tadbir boshlanishi bilanoq, ya’ni 12:00 da «Chistie prudi» metrosida boshlangan. Xabarda aytilishicha,  dastlab plakat ko‘tarib kelganlar qo‘lga olingan, keyinroq esa odamlar ko′aygach, polisiya dubinka ishlata boshlagan.

Polisiya «Meduza» nashri jurnalisti Ivan Golunovni 6 iyun kuni giyohvand moddalar savdosida shubha qilib, qo‘lga olgan. Lekin 11 iyun kuni undan ayblov olib tashlangan va u ozod qilingan. Bu vaqtda esa aksiya endigina boshlanish arafasida edi.

Jurnalist aybini tan olmadi va giyohvand moddalar uning uyiga tashlab ketilganini ta’kidlagan. U ta’qiblarni o‘zining kasbiy faoliyati bilan, xususan Moskvadagi dafn marosimini o‘rganish bilan bog‘lagan.

Manba: daryo.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!