Moskva-Termiz yo‘nalishida uchayotgan samolyot Aqto‘bega qo‘ndi

Moskva-Termiz yo‘nalishida uchayotgan samolyot Aqto‘bega qo‘ndi

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Moskva – Termiz yo‘nalishida uchayotgan HY9610 reysi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Aqto‘be (Qozog‘iston) xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. Ekipaj bort tagiga tez yordam mashinasini chaqirtirgan.

Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 14:28 da Aqto‘bega qo‘ndi. Havo kemasi yaqin soatlarda manzil aeroporti - Termizga uchib ketishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!