Misrda prezidentlik saylovlarida ovoz berish uchun saylov uchastkalari ochildi

Misrda prezidentlik saylovlarida ovoz berish uchun saylov uchastkalari ochildi

Misrda prezidentlik saylovlarida ovoz berish uchun saylov uchastkalari mamlakatning barcha viloyatlarida mahalliy vaqt bilan soat 9:00da ochildi.

Saylovlar uch kun — 10, 11 va 12 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Prezidentlik uchun saylovda amaldagi prezident Abdel Fattoh as-Sisi Respublika Xalq partiyasi yetakchisi Hazem Umar, "Vafd" liberal partiyasi yetakchisi Abdel Sanad Yamama va Misr Sosial-demokratik partiyasi raisi Farid Zahron bilan raqobat qiladi.

Avgust oyida Misr parlamentida eng ko‘p o‘ringa ega partiya “Mustaqbal Vatan” (Vatan kelajagi) as-Sisini yangi muddatga nomzodini ko‘rsatish tarafdori ekanini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!