Mishustin va Aripov energetika bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Mishustin va Aripov energetika bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Rossiya Federasiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov bugun, 18 sentyabr kuni sanoat, energetika va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama qiladi. Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatiga tayanib TASS xabar qildi.

Unga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishida har ikki mamlakat uchun o‘zaro manfaatli sohalarga ham alohida e’tibor qaratiladi.

“Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Shuningdek, o‘zaro manfaatli boshqa sohalarda bo‘lgani kabi sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, fan va ta’lim sohalarida o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, Rossiya tomonining fikricha, jahon iqtisodiyotidagi notinchlik sharoitida Rossiya-O‘zbekiston aloqalari savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy tomonlama jadal rivojlanmoqda.

“Rossiya hukumati vakillari energetikani O‘zbekiston bilan “ikki tomonlama hamkorlikning eng muhim yo‘nalishi” deb ataydi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytirish nafaqat ikki davlat manfaatlariga javob beradi, balki Markaziy Osiyoning energetik xavfsizligini ham ta’minlaydi”, degan Rossiya Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!