Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi temir yo‘lda ayol kishi halok bo‘ldi. Bosh prokuratura rasmiy ma’lumot berdi

Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi temir yo‘lda ayol kishi halok bo‘ldi. Bosh prokuratura rasmiy ma’lumot berdi

2018 yil 13 sentyabr kuni soat 08:00larda Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, «Salar-Yalong‘och» bekatlari oralig‘ining 4-kilometr 9-piketida «Toshkent-Xojikent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan 6429-sonli elektropoyezd qulog‘ida quloqchini bo‘lgan holda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan L.ni (1966 y.t. ayol) urib yuborgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida aytilishicha, ayol olgan tan jarohatlari natijasida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: kun. uz 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!