Mirziyoyev 2021 yilda yana qo‘shimcha uch kunni dam olish kuni deb e’lon qildi

Mirziyoyev 2021 yilda yana qo‘shimcha uch kunni dam olish kuni deb e’lon qildi

Prezident Farmoni (PF–6222-son, 10.05.2021 y.) bilan 2020 yil 3 dekabrda qabul qilingan Farmonga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, quyidagi sanalar ham 2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi:

● 14 may – juma;
● 31 dekabr – juma.

Shuningdek, quyidagi dam olish kunlari ko‘chirildi:

● 17 iyul – shanba kunidan 21 iyul – chorshanba kuniga; 
● 24 iyul – shanba kunidan 22 iyul – payshanba kuniga.

Bundan tashqari, 15 may – shanba, 21 iyul – chorshanba, 22 iyul – payshanba kunlari ham barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!