Milliy valyutada ifodalangan “Samarqand” obligasiyalari London fond birjasiga joylashtirildi​

Milliy valyutada ifodalangan “Samarqand” obligasiyalari London fond birjasiga joylashtirildi​
Shu yilning 5 dekabrida Xalqaro Moliya Korporasiyasining navbatdagi, milliy valyutada ifodalangan “Samarqand” obligasiyalari London fond birjasiga (London Stock Exchange) joylashtirildi. Bu haqida O‘zbekiston Markaziy banki axborot xizmati xabar berdi.
 
Muddati 1 yil bo‘lgan obligasiyalarning umumiy qiymati – 123 mlrd. so‘m, foiz stavkasi esa 9,45%ni tashkil etadi.
 
Obligasiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar “Ipak Yo‘li” Aksionerlik innovasiya tijorat banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
 
Bundan oldin Xalqaro Moliya Korporasiyasi​ London fond birjasida uch marta - muddati 2 yil, umumiy qiymati 240 mlrd. so‘m bo‘lgan “Samarqand“ obligasiyalarni 9,45%-9,5% stavkalari bilan joylashtirgan edi. Olingan mablag‘lar “Hamkorbank“ aksiadorlik tijorat bankining kichik biznes sub’ektlari loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!