“Milliy" telekanali “Daydi qizning daftari” serialidagi behayo lavha bo‘yicha izoh berdi

“Milliy" telekanali “Daydi qizning daftari” serialidagi behayo lavha bo‘yicha izoh berdi

Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda "Milliy" telekanalida efirga ketgan "Daydi qizning daftari" serialidagi behayo kadr tarqaldi. Telekanal bu bo‘yicha izoh berdi.

“Milliy" telekanalida MAY OYIDA ketgan serial (ijtimoiy tarmoqlarda va “Qalampir” saytida) shuncha vaqt o‘tib, BIRDANIGA muhokama bo‘layotganiga hayron bo‘lmagan holda, shuni ma’lum qilamizki:

1. Solih Qahhor asari asosida suratga olingan “Daydi qizning daftari” serialidan TARQATILAYOTGAN lavha “MILLIY” telekanali efiridan videoga OLINMAGAN! Bu videoparchada "Milliy" telekanali LOGOTIPI YO‘Qligi va u RUS TILIDA berilayotgani ham bunga dalil!

2. “Milliy" telekanali orqali ushbu serialning aynan shu lavhasi efirga ketmagan. Buning isboti telekanal arxivida ham saqlanib qolgan. Mazkur tasvirlar serialni suratga olgan studiyaning yutubdagi kanalidan bo‘lishi mumkin, ammo “Milliy” telekanalining yutubdagi rasmiy kanalida xam “Daydi qizning daftari” seriali yo‘q, chunki ushbu serialni suratga olgan studiya bu xuquqni o‘zida saqlab qolgan.

3. Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki “Milliy" telekanali efiridan yozib olingan parcha sifatida tarqatilayotgan tuhmat va uydirma yuzasidan huquqshunoslar tekshiruv olib borayotganini ma’lum qilamiz".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!