Milliy serial brendi bilan «milliy xiyonat» targ‘ibotiga «start» berildimi?

A A A
Milliy serial brendi bilan «milliy xiyonat» targ‘ibotiga «start» berildimi?

Odam Ato zamonidan to bugungi kunga qadar ayol nozik hilqat sifatida erkak bilan birga umrguzaronlik qilib, insoniyat hayotining davomiyligini ta’minlab kelmoqda.

Real hayotda bo‘lganidek janridan qat’i nazar badiiy adabiyot yoxud kino bo‘lsin, uni ayol obrazisiz tasavvur qilish qiyin. «Ming bir kecha» ertaklari orqali ayol obrazi eng yuqori mo‘’jizaviy estetik hilqat sifatida tasvirlandi. Sharq she’riyatida esa ayolga bo‘lgan ta’rifu tavsif «Ming bir kecha»nikidan kam bo‘lmadi. O‘rta asrlarda real hayotda ayollarni jodugarlikda ayblab gulxanda kuydirish oddiy holat edi, lekin Shekspir zamonasidagi dramaturglar ayol obrazini ijobiy ma’noda yangi bir cho‘qqiga olib chiqdi. Shu o‘rinda eslatish joizki, Dante qalamiga mansub «Ilohiy komediya» asarining «A’rofa» qismi bevosita biz bilgan To‘marisning jasoratiga bag‘ishlangan. Shekspir To‘maris obrazini Yevropa ayollariga namuna qilib ko‘rsatgan. Fransuz adabiyotida esa To‘maris fransuz milliy qahramoni Janna D`Ark darajasida ulug‘langan. Ammo bugungi kunda o‘zimiz o‘zimizning o‘zbek ayolini tahqirlab, loyga chaplab, botqoqqa botiryapmiz. Qanday qilib?.. 

Albatta, yangi davr Yevropasi romantizmida ayol obarazi yengil-elpi ishqiy romanlar mavzusi uchun qurbon qilindi. Biroq aynan XIX-XX asr G‘arb adabiyoti, xususan, rus romanchiligida ayol obrazi mukammal ko‘rinish kasb etdi. Bu davrgacha xalq dostonlariyu, badiiy asarlardagi ayol qahramonlar o‘z davrining yetuk ziyolisi va go‘zal ayoli sifatida tasvirlangan bo‘lsa, Turgenev, Dostoyevskiy, Tolstoy, Chexov kabi yozuvchilarning asarlari orqali ayol ruhiyatining o‘ziga xos psixologik xarakteri yuksak badiiy bo‘yoqlar bilan tasvirlandi. Ayniqsa, Tolstoyning Anna Kareninasi, Kiti Shcherbaskayasi, Turgenevning Marya Nikolayevnasi, Dostoyevskiyning Nastasya Filippovnasi jahon adabiyotida ayol obrazini yangi cho‘qqiga olib chiqdi.

O‘zbek adabiyotida Abdulla Qodiriyning Kumushi o‘zbek romanchiligidagi ilk ayol qahramon sifatida yuzaga keldi. Albatta, Sho‘ro davri adabiyotida ayol obrazi mafkuraviy xususiyat kasb etib, unga o‘ziga xos talablar yuklandi. Bu davr ayollaridan sun’iy ravishda zamon qahramonlari yasalib, taqdim qilindi. Ammo tan olish kerakki, bu davrda o‘zbek adabiyoti va san’atida tasvirlangan ayol obrazlari har qanday majburiyatlar yuklanmasin, u ayollik sha’ni va jozibasini yo‘qotmadi. Ya’ni, kino, teatr va adabiyotda ayol ulug‘lansa ulug‘landiki, lekin, bugungi kundagi o‘zbek kinosidagidek tahqirlanmadi. Hatto Sho‘ro davrida ham o‘zbek ayoli sharmandali tarzda tahqirlanmagan.

«Mening yurtim» telekanalida namoyish etilayotgan «Fitna» serialidagi «fitna»lar haqida gapirmoqchimiz.

Yuqorida biroz mulohaza yuritganimiz boisi shuki, ushbu serial ijodkorlari va «Mening yurtim» telekanali mas’ullariga qisqacha bo‘lsada, dunyo badiiy tafakkurida ayolga bo‘lgan munosabat, xususan, ayol obrazi nechog‘li ulug‘ligining xronoligik evolyusiyasini bilmasa bildirishni, bilsa eslatishni joiz, deb bildik.

Rejissyor Dilshod Ahmedov tomonidan suratga olingan va bugungi kunda «Mening yurtim» telekanali orqali efirga uzatilayotgan ushbu serial tomoshabinlarga milliy serial tamg‘asi ostida taqdim etilmoqda. Turfa taqdirlar, muhabbat va nafrat, sadoqat, xiyonat, ezgulik, yovuzlik xullas, bu mangu mavzularni rejissyor o‘zbekning maishiy hayoti misolida juda primitiv tarzda tasvirga tushirgan. Dastlab to‘y mojarosi bilan boshlangan serial voqeligining ilk planlaridayoq anglashiladiki, bosh qahramonlardan biri 2 farzandning onasi bo‘lgan o‘qituvchi ayol. Bu ayol erini, qaynota va qaynonasini ko‘rgani ko‘zi yo‘q. Sartarosh er oilasi uchun har narsaga tayyor. Qaynota va qaynona esa oxirgi qiz farzandalarini turmushga bergandan so‘ng haj safari uchun navbatga yozilgan. Xullas, bu oila o‘zgalarga o‘rnak bo‘ladigan oilalardan. Biroq oilaning kelini Nozimaning qalbi neagadir nafratga to‘lib-toshgan. Rejissyorning «iste’dodi»ni qarangki, Nozima o‘z eriga xiyonat qilishi uchun hech qanday asos yaratmasdan turib, rejissyor janoblari «o‘z qahramonini xiyonatga boshladi». Albatta, uning nazdida Nozimaning xiyonati serialning «fishkasi» bo‘lib, serial tomoshabinlarini ko‘paytiradi-da. Ustiga-ustak, Nozima maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Ha, xato o‘qimadingiz – o‘qituvchi.

Shu o‘rinda «Fitna» serialidagi o‘qituvchi ayol Nozimaning xiyonatiga asos masalasiga biroz to‘xtalsak. Shu paytgacha adabiyot yoki kinoda ayolning eriga xiyonati haqidagi yuzlab syujetlarga duch kelganmiz. Biroq har bir ijodkor yaratayotgan asariga umuminsoniy axloqiy me’yorlardan kelib chiqib, yondashishga harakat qiladi. Ya’ni, ayol xiyonati masalasida ijod qonuniyatlaridan kelib chiqib, o‘ziga xos manyovrlar ishlatadi. Bu manyovrlar misol uchun ayolni xiyonatga undaydigan jamiyatdagi fojiaviy holatlar bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham xiyonat qurboniga aylantirilayotgan ayol uchun ijodkor asoslar yaratadi. Bu asoslar aslo xiyonatni oqlamaydi balki, xiyonatning kelib chiqishiga turtki bo‘lgan omillarni ko‘rsatadi va kerak bo‘lsa qoralaydi, boring ana ogohlikka chaqiradi. 

Bugun kino sanoatida, ayniqsa, teleseriallarda konflikt va intirigani kuchaytirish maqsadida xiyonat, xususan, ayol xiyonati juda ko‘p tasvirlanmoqda. (Bu kabi mavzudan tarmoqlardagi turli roliklar sarlavhasida-yu guruhlarga chaqiriqlarda ham unumli foydalanilmoqda.) «Fitna»dagi Nozimaning xiyonati ham aynan konflikt va intriga uchun qilingan manyovr bo‘lsa-da, aslida manyovr, ya’ni xiyonat uchun yuqorida aytganimizdek aytarli asosning o‘zi yo‘q. Eng yomoni, serialning intrigasini oshirish maqsadida bu manyovr o‘zbek o‘qituvchi ayolining tahqirlanishi asosiga qurilganligi kino san’atining hech qanday axloqiy me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydi.

Shu yili hokimiyat tomonidan ko‘cha supurishga chiqarilgan o‘qituvchi ayol Diananing fojiasi ko‘pchiligimizni larzaga soldi. Endi ekrandagi o‘zbek o‘qituvchisi Nozimaning xiyonatkor ayol tarzida gavdalantirilishi, ichki olami nafratga to‘la, eriga xiyonatkor, qaynona va qaynotaga hurmatni bilmaydigan, xiyonat va o‘z nafsini har narsadan ustun qo‘yib, yana kamiga xiyonatni to‘g‘ri, deb biladigan axloqsiz ayolni millat ko‘zgusi bo‘lgan o‘qituvchi obrazida ko‘rsatilishi bugungi kunning, bugungi jamiyatning, bugungi ma’naviyatning eng mudhish fojiasi emasmi?

E’tibor bering, Nozima eriga va qaynonasiga bo‘lgan nafrati hamda boylik hirsida xiyonatga qo‘l urdi. Bu xiyonatni dastlab, qaynsinglisi va qaynonasi bilib qoldi. Qaynsingil bildiki, kelinoyisi uning erining o‘rtog‘i Hamdam bilan xiyonat ko‘chasiga kirgan. Shundan so‘ng qaynsingil eriga shikoyat qiladi. Ayanchlisi, uning eri bu voqeadan xabardor va o‘zini loqaydlarcha tutadi. Shu joyiga, to‘g‘risi, tushunmadik. Bu loqaydlik bilan tomoshabin jamiyatni shunday holatlarga loqayd bo‘lishga chaqirilyaptimi yoki targ‘ib qilinyaptimi?

«Fitna» serialidagi qaynona esa go‘yoki oilasining tinchligi va mavqeini o‘ylab, kelini bilan gaplashib oladi va uning xiyonatini kechirib, Nozimaning xiyonatini o‘g‘lidan sir saqlaydi. Ana senga tomoshayu mana senga tomosha. Dod devorging keladi, to‘g‘risi. Nimalar bo‘lyapti? Nimalar qilyapmiz o‘zi? Nimani targ‘ib qilishyapti bu serial orqali? Kimga nimani o‘rgatyapmiz?

Ammo Nozima xiyonatda davom etadi. Nihoyat, serial kulminasiyasida Nozimaning eri uni xiyonat ustida tutib olib, taloq qo‘yadi. Mana sizga konflikt, mana sizga intriga! Mohiyatan serial emas, havaskor videomahsulot bo‘lgan bu «san’at asari»dan istaganingizcha hayratlaning. Qahramonlarining «iztirob»i va «azoblari»ga sherik bo‘ling. Go‘yo, Arastu nazarda tutgan katarsis misol.

Yodingizda bo‘lsa, «Zo’r TV» efirga bergan «Kara sevda», ya’ni, «Sevgi iztirobi»ni aynan xiyonat targ‘iboti deya efirdan olib tashlash uchun butun jamoatchilik oyoqqa turgandi. «Yoshlar» telekanalida efirga ketgan «Ishani», ya’ni, «Senga oshiqman» teleseriali ham jamoatchilik noroziligi ostida axloqiy jihatdan buzuq bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qilgani uchun efirdan olindi.

Endi esa milliy serial brendi bilan «milliy xiyonat»ni targ‘ib qiladigan serial bera boshlandi. Hozircha jamaotchilik ovozi eshitilgani yo‘q.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, texnik va badiiy jihatdan kino san’atining talablariga  to‘g‘ri kelmaydigan  bu «san’at asari» qanday qilib «Mening yurtim» telekanali efirigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi?

«O‘zbekkino» milliy agentligi nega bu serial ekranga chiqishiga ruxsat berdi? Agentlik badiiy kengashi bu «Fitna»ning ssenariysi va suratga olingan epizodlarning umumiy g‘oyaviy maqsadi bilan tanishib chiqqanmi? Agar tanishib chiqqan bo‘lsa, nega buzuqlikni targ‘ib qiluvchi bu mahsulot efirga chiqishiga yo‘l qo‘ydi?

«Mening yurtim» telekanalining badiiy kengashi bormi? Agar bor bo‘lsa, bu kengash qaysi me’yor va talablarga ko‘ra bu «Fitna»ga «sherik» bo‘ldi va uning efirga chiqishiga ijobiy xulosa berdi?

«Fitna»ning efirgacha bo‘lgan shonli yo‘lida ishtirok etgan bu mas’ullar «Bu serialda hayotda uchrab turadigan yovuz illatlar qoralangan, rejissyor bu serial orqali barchamizni ogohlikka chaqirmoqchi», degan iddaoni qilishlari mumkin. Qanday ogohlik haqida gapirish mumkin bu yerda? Nima, o‘zbek ayoli, millat ko‘zgusi bo‘lgan o‘zbek o‘qituvchisini ichki olami nafratga to‘la, eriga xiyonatkor, qaynona va qaynotaga hurmatni bilmaydigan, xiyonat va o‘z nafsini har narsadan ustun qo‘yib, yana kamiga xiyonatni to‘g‘ri, deb biladigan axloqsiz ayol obrazida gavdalantirib, jamiyatning qaysi yomon jihatidan ogohlikka chaqirmoqchi bo‘lishyapti? Aslida, shu serialning o‘zidan ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lib turibdi-ku? Ogohlikka chaqirmoqchi bo‘lganlarga so‘zimiz: baraka topgurlar, «Fitna»ni kino san’atining hech qaysi talablariga ko‘ra teleserial deb bo‘lmaydi! Ayniqsa, o‘qituvchini shu qiyofada tasvirlash ortiqcha.

Tabiiyki, ushbu serialni maktab, kollej, lisey o‘quvchilari va talabalar ko‘radi. Endi savol, ularga o‘qituvchini kim qilib ko‘rsatyapmiz? Kattalariku esi bor deylik, salbiy ta’siri kamroq bo‘lar, ammo kichkinalarining ongu shuurida o‘qituvchini qanday obrazda gavdalantiryapmiz?

Endi bu kabi «Fitna»larni qo‘yuvchi telekanallarni monitoring qiluvchi tashkilotlar diqqatiga. Siz faqat qonunchilikka zid keluvchi shafqatsizlik yoki pornografiya chiqib qolganda chora ko‘rasizmi? Nega milliylikka zid keluvchi «Fitna»lar tahlil etilib, unga qarshi choralar ko‘rilmaydi?

Xullas, yana mashhur serialdagi gap yodimizga tushdi «Ot izi it iziga aralashib ketibdi».

Bugun prezident boshchiligida o‘qituvchilarni davr va jamiyatning eng hurmatli insoniga aylantirishga harakat boshlangan. O‘qituvchi zamon qahramoni bo‘lsa qanday yaxshi. Zamon ziyo bilan burkanadi. Har qalay xonanda zamon qahramoni bo‘lganidan ko‘ra, o‘qituvchi zamon qahramoni bo‘lgani ming emas, million marta yaxshida. 

Aytgancha, oxirgi paytlarda tungi klublar ma’naviyatimizga bolta uryapti, degan gapni ko‘p eshityapmi. Avvalo, ma’naviyatli odam tungi klub ta’sirida buzilib qolmaydi. Ha, buzilmaydi, chindan ham uning ma’naviyati bor bo‘lsa. Mustahkammi, mustahkammasmi, bu ikkinchi masala. Axir tungi klublarga asosan kimlar boradi? O‘qituvchisidan yaxshi ta’lim olmagan, o‘qituvchisini o‘z qahramoni deb bilmagan yoshlar. Endi yana savol, o‘zimiz o‘qituvchini axloqi buzuq qilib televizorda ko‘rsatib o‘tirsak, yoshlardan nimani kutish kerak?

Xurshid Daliyev,

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.