Milliy gvardiya va boshqa tuzilmalar Parkent tumanida dam oluvchilarni nazorat qilib borishadi

Milliy gvardiya va boshqa tuzilmalar Parkent tumanida dam oluvchilarni nazorat qilib borishadi

Toshkent viloyatidagi mashhur dam olish maskanlarida- Achiq ko‘l yaqinida hamda Krasnogorsk va So‘qoq qishloqlarida Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari patrul xizmatini boshlabdi. Ular tartibni saqlashdan tashqari, tozalikni ham nazorat qilar ekan.

Havo yaxshi bo‘lganda Krasnogorsk va So‘qoq qishloqlariga bir necha yuz oila sayr qilish uchun boradi, dam olish va bayram kunlari esa bundan ham ko‘proq dam oluvchilar yig‘iladi. Ammo hammaning ham atrof-muhitni ozoda saqlash haqida tushunchasi yo‘q afsus.

Dam oluvchilar o‘z ortidan chiqindisini yig‘ib, bolalarga konfet va pechene o‘ramlarini yoki ichimlik idishlarini yerga tashlamaslikka, balki hamma narsani sumkaga solib, keyin maxsus chiqindi qutisiga olib borishga o‘rgatishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!