MIB vazifasini uddalolmagani uchun yakunladimi? Byuro izoh berdi

A A A
MIB vazifasini uddalolmagani uchun yakunladimi? Byuro izoh berdi

Mana, joriy yilning 18 iyun kuni Davlatimiz rahbarining “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6010-sonli Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon bilan Majburiy ijro byurosi faoliyatidagi gaz va elektr uchun to‘lovlarni qabul qilish vazifa va funksiyalari Energetika vazirligi zimmasiga o‘tishi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni undirish mexanizmini amal oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Bu jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarimizda turli fikr va munozaralarga sabab bo‘ldi.

Aslida, biz 3 yil oldingi tarixga nazarga solamiz.

Esingizda bo‘lsa, bundan 3-4 yil avval ham kommunal xizmatlarning har bir turi uchun alohida-alohida idoralarga pul to‘lardik. Ayniqsa, dam olish kunlari goh elektr, goh gaz idorasidan yo bo‘lmasam suvga, chiqindiga  pul so‘rab birin-ketin eshik taqillatib kelishlar ham hali ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak.

Bundan 3 yil avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosining tashkil etilishi bilan ana shu to‘lovlarning hammasi bitta joyga jamlandi.

2017 yil 29 maydagi Prezident Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari ijrosini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.

Majburiy ijro byurosi qisqa vaqt ichida tashkil etilgan kunidanoq, jamoatchilikning e’tiborida bo‘ldi. Amalda elektr energiyasi, tabiiy gaz (keyinchalik 2018 yildan boshlab esa, suv ta’minoti) uchun to‘lovarni qabul qilish, bu sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, suiiste’molchilik va hisob-kitob ishlarini tartibga solish, shu bilan birga muqaddam tugatilgan Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti bajargan sud va boshqa organ qarorlarini ijrosini ta’minlashni yangi  idora o‘z zimmasiga olgan edi.

Majburiy ijro byurosi huquqni muhofaza qiluvchi, Bosh prokuratura huzuridagi maxsus vakolatli organ bo‘lib, surishtiruv va tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ham ega hisoblanadi.

Byuroda huquqbuzarliklarni fosh etish, oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan tezkor bo‘limlar ham faoliyat ko‘rsatadi.

Bu esa bu sohada huquqbuzarliklarning keskin kamaytirib, huquqbuzarliklarga murosasiz munosabatda bo‘lishni taqozo etardi.

Xo‘sh, Majburiy ijro byurosi o‘z vazifasini qanday uddaladi?

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutuvchi kommunal soha muammolariga yechim topish borasida ijobiy natijalarga erishildimi?

Biz ushbu savollarga javob olish uchun Majburiy ijro byurosining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov bilan bog‘landik.

— Avvalo, ish faoliyatimizni boshlashda — ijro ishi, energiya resurslari bilan bog‘liq barcha holatlar tizimli o‘rganib chiqilib, tahlil qilindi.

Energiya resurslari va suv ta’minoti sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlashda prokuratura tizimida to‘plangan tajriba va ijro intizomidan unumli foydalanildi.

Belgilangan vazifalar – energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirish, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish va oldini olish, shuningdek, sud hujjatlarining ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga tatbiq etildi.

Shu bois, keyinchalik Byuro organlariga qattiq maishiy chiqindilar uchun majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirish ham qo‘shimcha vazifa sifatida yuklandi.

Qisqa vaqt ichida sud va boshqa organlar qarorlari ijrosini ta’minlash, energiya resurslari bo‘yicha qarzdorlikni kamaytirish borasida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi.

Iqtisodiyotimiz ravnaqi uchun muhim tarmoq bo‘lgan energiya resurslari sohasida to‘lov intizomi mustahkamlandi, yillar davomida to‘planib kelgan  tizimli muammolar va hisob-kitob ishlari o‘z yechimini topdi.

Bir so‘z bilan aytganda, Majburiy ijro byurosiga yuklatilgan vazifalar amalda bajarildi va uni endilikda mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash borasida davlat siyosatini amalga oshirib kelayotgan Energetika vazirligi zimmasi o‘tkazish vaqti kelgan edi.

Shu o‘rinda qisqa bo‘lsa-da, Byuro organlari tomonidan to‘lov intizomini mustahkamlash yo‘lida qilingan ishlar to‘xtalsak.

Misol uchun: Byuro organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar energiya resurslari, suv iste’moli va qattiq maishiy chiqindilar sohasida 94,3 trln. so‘m undirildi (shundan elektr energiyasi – 45,8 trln., tabiiy gaz – 46,1 trln., ichimlik suvi – 1,9 trln., maishiy chiqindi – 0,4 trln.).

O‘tgan davr ichida energiya resurslari va suv ta’minotidan noqonuniy foydalanish hamda talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq 1,2 trln. so‘mlik zarar aniqlanib, 1046 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Byuro faoliyatini boshlagan vaqtdan buyon dolzarb masalalardan biri bu albatta, noreal, ya’ni asossiz qarzdorliklar hisoblanishining oldini olish dolzarb masala edi. Bu yo‘nalishda Byuro organlari faoliyatini boshlagandan hozirga qadar 1 trln. 344 mlrd. so‘mlik noreal qarzdorlik bo‘yicha 244 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foydalanilmagan energiya resurslari uchun iste’molchilarga asossiz qarzdorlik hisoblanishi holatlari bo‘yicha Byuro organlari tomonidan 1 trln. 342 mlrd. so‘m noreal qarzdorlik bo‘yicha jami 146 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Energiya resurslari sohasida debitor qarzdorlik 2020 yilning 1 iyun holatiga 14,1 trln. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan (14,5 trln.) 385 mlrd. so‘mga kamaytirildi.

Energiya resurslari iste’molchilari to‘liq  inventarizasiya qilindi.

Yuqorida, biz Byuro organlarida suv ta’minoti  to‘lovlarni qabul qilish  va sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish vazifasi yuklatilganini ham esga olgan edik.

Majburiy ijro byurosi organlariga suvdan noqonuniy foydalanish, vodoprovod va kanalizasiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarining oldini olish, suv ta’minoti uchun to‘lovlarni undirish vazifasi ham yuklatildi va birgina, 2019 yilda suv iste’moli bo‘yicha qarzdorlardan 1,1 trln. so‘m undirildi. Bu byuro tashkil etilmasdan oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 200 foiz ko‘p.

Shu o‘rinda, energiya resurslari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlash ham Byuro xodimlariga oson kechmaganini eslab o‘tish joiz.

Birgina, o‘tgan 2019 yil davomida Byuro xodimlariga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq 132 ta holatlar aniqlanib, aybdorlarga qonuniy chora ko‘rildi.

Byuro tashkil etilgandan buyon 4 nafar xodimlar o‘z vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan, 200 dan ortiq xodimlarga turli darajada tan jarohati yetkazilgan.

Joriy yilda ham Byuro xodimlariga qarshilik ko‘rsatish bilan 14 holat aniqlandi.

Byuro faoliyatida asosiy muammolardan biri energiya resurslari va suv ta’minoti sohasida undiruvlarni amalga oshirishda, avvalo to‘lov intizomiga amal qilmasdan kelayotgan aholi vakillari o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlariga qaratildi.

Biroq yuqorida ta’kidlanganimdek, Byuroga yuklatilgan vazifalar zalvori ishni asta yo‘lga qo‘yishga fursat qoldirmadi. Aksincha, darhol oyoqqa turishi shart qilindi.

Boisi, kommunal soha og‘riqli sohalarimizdan biriga aylanib qolgan, tushunarliroq qilib aytganda tizim “reanimasiya”ga tushib qolgan edi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, MIBga tizimni tezroq davolab, oyoqqa turg‘azish talabi qo‘yilgan edi. Shu bilan birga, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi ham aytarli darajada emas, haminqadar edi.

Muhimi –  yurtdoshlarimizda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, to‘lov intizomiga rioya qilish madaniyati shakllana boshladi.

Endilikda, ushbu vazifalar Energetika vazirligi tomonidan tizimli ravishda olib boriladi, deb hisoblaymiz. Chunki keyingi yillarda ushbu vazirlikda bir qator ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi.

Shu o‘rinda aholimiz yaxshi bilishi lozimki, Majburiy ijro byurosi zimmasidagi elektr, gaz va maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda undirib olish bo‘yicha vazifalar – Energetika vazirligiga joriy yilning 01 avgust kunidan e’tiboran o‘tkaziladi.

Bungacha bo‘lgan davrda Majburiy ijro byurosi bu yo‘nalishda o‘z ishini davom ettiradi.

Majburiy ijro byurosi organlari yurtdoshlarimizdan to‘lov madaniyatiga amal qilgani holda, jamiyatimiz farovonligiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkinligini yodda tutmog‘i lozim.

Eslatma: MIB faqat kommunal soha va maishiy chiqindilar uchun yo‘nalishini tugatmoqda, biroq sud xamda boshqa organ qarorlarini ijro etish funksiya va vazifalarini davom ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.