Messi: «Futbolda erishgan barcha narsam uchun Xudoga shukrona aytaman»

Messi: «Futbolda erishgan barcha narsam uchun Xudoga shukrona aytaman»

«PSJ» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionatidagi g‘oliblik uchun murabbiylar shtabi va jamoadoshlariga minnatdorchilik bildirdi.

«Futbolda erishgan barcha narsam uchun Xudoga shukrona aytaman. Menga ushbu ajoyib hissiyotlarni taqdim etgan jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Murabbiylar shtabi esa hamisha yonimizda bo‘ldi va biz doimo yaxshi formada bo‘ldik. Endi esa oldimizdagi o‘yinlardan zavq olishni istaymiz. Bu zavq qancha davom etishini bilmayman. Men futbolni yaxshi ko‘raman.

Men hech qachon ulkan marralarni zabt etish haqida orzu qilmaganman. O‘yinning o‘zi orzum edi. Hamisha o‘z imkoniyatimdan yuqoriroq o‘ynashga harakat qildim. Hozir ma’lum bo‘lyaptiki, o‘shanda meni oldinda olis yo‘l kutib turgan ekan», — dedi Messi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!