Mesenatlik to‘g‘risidagi qonun e’lon qilindi. Mesenatlik o‘zi nima?

Mesenatlik to‘g‘risidagi qonun e’lon qilindi. Mesenatlik o‘zi nima?

“Mesenatlik to‘g‘risida”gi qonun e’lon qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Mesenatlik – bu homiylik, biroq alohida olingan sohalarda: madaniyat va san’at, ilm-fan, ta’lim, ma’rifat hamda madaniyat va san’atni rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa faoliyat. Jismoniy va yuridik shaxslar, rezident va norezidentlar mesenat bo‘lishi mumkin. Faqat O‘zbekiston fuqarolari ulardan ko‘mak olishlari mumkin.

Mesenatlik faoliyati – ixtiyoriy, uning maqsadlarini tanlash – erkin. Hech kim qonunda belgilangan maqsadlarni tanlash erkinligini cheklashga haqli emas:

• mamlakatning madaniy meros ob’ektlarini saqlash, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu sohada tegishli dastur va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;

• madaniyat va san’at sohasidagi kasbiy faoliyatni, shu jumladan  yosh iste’dodlarni va arboblarni qo‘llab-quvvatlash;

• jismoniy va yuridik shaxslarning madaniyat va san’atni rivojlantirishda ishtirok etishi uchun ma’naviy rag‘batlantirish omillarini hamda boshqa omillarni kengaytirish.

Qo‘llab-quvvatlash sifatida mol-mulk beg‘araz berilishi, ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi mumkin va b. Mesenatlar va ko‘mak oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ular o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ko‘mak oluvchilar doirasi va uning shaklini mesenat mustaqil ravishda belgilaydi. Mesenatlikni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish mumkin emas.

Davlat mesenatlarni qo‘llab-quvvatlaydi, shu jumladan soliq imtiyozlari va preferensiyalari bilan qo‘llab-quvvatlaydi.  Xususan, amaldagi Soliq kodeksida homiylik qismida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, import qilishda QQS va aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar nazarda tutilgan (SKning 159-moddasi, 1-bandi, 211-moddasi 4-bandi, 230-moddasi 2-qismi 3-bandi 2-xatboshi). Bundan tashqari, mesenatlarni davlat yoki boshqa mukofotlar bilan taqdirlashlari, nomlarini abadiylashtirishlari mumkin.

Bunda ko‘mak ko‘rsatish fakti va uning maqsadlari faqat mesenatning roziligi bilan tarqatilishi mumkin. Jamoatchilikka yetkazish uchun OAV va Internetdagi axborot resurslaridan foydalanishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!