"Men deputatman": Qashqadaryoda direktor ayol 50 nafardan ortiq o‘qituvchini majburan ishlatayotgani aytildi (VIDEO)

"Men deputatman": Qashqadaryoda direktor ayol 50 nafardan ortiq o‘qituvchini majburan ishlatayotgani aytildi (VIDEO)

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani xabar berildi. Holat tumandagi 6-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan, deb yozadi "Daryo".

«Ikki kundan beri direktor opa Feruza Ahmedovaning qistovi bilan ishlashga majbur bo‘lyapmiz. Maktabimizda ta’mirlash ishlari ketmoqda. Biroq hali tugallanmagan, shuningdek, ustalarning buzib-tuzishidan qolgan chiqindilarni tozalashga maktab o‘qituvchilari jalb qilingan», — deydi majburiy mehnatdan jabrlanayotganini aytgan o‘qituvchi Umarali Avazov.

«Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan o‘qituvchining aytishicha, majburiy mehnat ishlariga 40 nafarga yaqin erkak o‘qituvchi va 10—15 nafar ayol o‘qituvchi jalb etilgan.

«Ayollar ko‘proq supur-sidir ishlarini bajarmoqda. Erkak o‘qituvchilar esa ikkinchi qavatda qolib ketgan chiqindilarni, pastdagi chiqindilarni tashishga majbur bo‘lyapmiz. Opaga bu xatti-harakati noqonuniy ekanini aytib, shikoyat qilsak, ‘men deputatman, qolaversa, ortimda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i va tuman hokimi turibdi deya’, unga hech kim qarshilik ko‘rsatolmasligini aytmoqda», — deydi Umarali Avazov.

Matematika fani o‘qituvchisi Umarali Avazovning ma’lumot berishicha, maktabda 150 nafarga yaqin pedagog faoliyat yuritadi.

«Majburiy mehnatga jalb qilinganlar orasida pensiya yoshiga yetib qolgan, og‘ir mehnatdan toliqib qoladigan o‘qituvchilar ham bor. Ammo direktor opa bunga e’tibor ham bermayapti», — deydi shikoyatchi o‘qituvchilar.

Umarali Avazovning aytishicha, Xolbek Boboniyozov, Oybek Yo‘ldoshev, Jobir Qurbonov, Husan Berdiyev, Alisher Ochilov, Umid Raupov kabi o‘qituvchilar majburiy mehnatdan jabrlanayotganini aytib, mas’ul tashkilotlarga rasm hamda video yuborgan. Ammo hech qaysi tashkilot vaziyatga e’tibor qaratmagan.

«Hozircha hech kim o‘rganmayapti. Biz esa direktorning qilmishi noqonuniy ekanini aytib, unga buni tushuntirolmay sarsonmiz. Ishlamasak, bir soat ham dars bermasligini aytgan direktor unga hech kim to‘sqinlik qilolmasligini takrorlamoqda», — deydi murojaatchi o‘qituvchilar.

Mazkur vaziyatga munosabat bildirgan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi ishchi guruh tuzilib, vaziyat mutasaddilar ishtirokida o‘rganilgandan so‘ng maktab direktorining xatti-harakatiga qonuniy baho berilishini ma’lum qilgan.

«Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz», — deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Javohir Rustamov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Eron oltita davlatni ogohlantirdi

Шунингдек, Эрон қуролли кучлари юқори жанговар шай ҳолатга келтирилди

O‘zbekistonda yangi ekilgan piyoz narxi rekord darajada qimmatladi

Ўзбекистонда янги экилган пиёз нархи рекорд даражада қимматлади, деб хабар бермоқда EastFruit.

Krishtianu Ronaldu o‘zining birinchi futbol klubini sotib olmoqchi

Агар "Валенсия" мавсум якунларига кўра Ла Лигани тарк этмаса, харид амалга ошиши мумкин.

Xitoyda 100 tonna tirik timsoh auksionda sotilayapti! Narx va shartlar hushingizni oladi

Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак

AQSh Rossiyaga "tinchlik uchun" soat qo‘ydi – muddat haftalarda hisoblanadi!

АҚШдан Россияга сўнгги огоҳлантириш: Тинчликка тайёрмисиз ёки...?

Xitoy AQSh bilan savdo urushida g‘alaba qozondi

Бу ҳақда Американинг The Wall Street Journal газетасидаги мақолада айтилади.

Ukraina urushi, 7 aprel holati: Xarita Rossiyaning front chizig‘idagi yutuqlari kamayib borayotganini ko‘rsatmoqda

Москва Украина ҳудудининг тахминан бешдан бир қисмини назорат қилмоқда. Россиянинг ютуқлари жуда кўп қурбон эвазига қийинчилик билан қўлга киритилди.

Zelenskiyning asosiy qo‘rquvi oshkor bo‘ldi

Бу ҳақда АҚШ армиясининг истеъфодаги полковниги Карен Квятковски маълум қилди , деб ёзади “РИА Новости” .

Krishtianu Ronaldu nima uchun Jorjinaga uylanmayotganligini tushuntirdi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби шарафини ҳимоя қилаётган жаҳон футболи юлдузи Криштиану Роналду севгилиси Жоржина Родригес билан муносабатларини нега ҳалигача расмийлаштирмагани ҳақида гапирди.

"Turk yigitlari ruslardan ayollarini tortib olmoqda"

"Россия фахрийлари" турк сериалларига қарши кураш бошлади.

Rossiya aeroportida o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

Surxondaryoda pomidorni shpaklyovkaga "aylantirishdi"

Олиб борилган тезкор тадбирлар давомида аниқланишича, транзит тартибида қўшни давлатга чиқиб кетиши лозим бўлган 20 тоннадан зиёд помидор ноқонуний равишда Термиз туманидаги омборлардан бирига тушириб қолдирилган.

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Россия президенти Владимир Путинга Украинадан одамлар "яширин тарзда" қўнғироқ қилган.

Rossiyada Xitoy avtosalonlari tezlik bilan yopilmoqda

пилишлар сони бўйича илк ўнталикка биринчи марта Geely, Jaecoo, Jetour ва LiAuto ҳам кирди.

AQSH-Xitoy urushi boshlanadi: Mutaxassislar dahshatli bashorat bilan chiqdi

Хитойни бўйсундириш уриниши Америка учун ҳалокатли оқибатларга олиб келадими?

Ramzan Qodirov portreti ostida o‘smir jasadi. Bunga Rossiya qanday izoh beradi?

Асфальтда жасад, ёнида одамлар ва йиғи: Чеченистондаги воқеа жамоатчиликни ларзага солди.

Putin qachon sud qilinishi ma’lum bo‘ldi

Путин, Лавров ва Мишустин биргаликда тергов қилинадими?

Isroil Ozarbayjonga minnatdorchilik bildirdi

Бу ҳақда "ТАСС" хабар бермоқда.

NATOning uchinchi jahon urushi rejasini oshkor qildi

Георгеску, НАТО Руминиядан учинчи жаҳон урушини бошлаш ниятида, деб таклиф қилди. Унинг фикрича, можарода бутун Европа ва АҚШ иштирок этади .

Zelenskiy Trampga suiqasd uyushtirishda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda

АҚШ армиясининг истеъфодаги полковниги Даниел Девис Украина президенти Владимир Зеленский ва унинг яқин доиралари АҚШ президенти Доналд Трампга суиқасд уюштиришга алоқадор бўлиши мумкинлигини айтди . Бу ҳақда у YouTube'да гапирди .

Dominikanada tungi klub tomi qulagan joyda vayronalarni tozalash yakunlandi: 221 kishi halok bo‘ldi

Вайроналар остидан барча қурбонларнинг жасадлари олиб чиқилди.

Tarmpning eng yaqin ittifoqdoshlariga qilayotgan noerkakona ishlariga javoban ular ham javob berishmoqda

- Макрон Фаластин давлатини тан олмоқчи; - Канада эса Исроилга қурол эмбаргосини қўйганини эьлон қилди; - Испания Европани Хитой билан бирлашишга чақирди; - АҚШдаги демократлар партияси Трампга нисбатан жиноий текширув бошлабди.

Pentagon rahbari: AQSH-Xitoy mojarosi dahshatli oqibatlarga olib keladi

Бу ҳақда АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсет Fox News телеканалига берган интервюсида айтди.

Vertolyot Nyu-York daryosiga qulashi oqibatida bortdagi olti kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда ABC News хабар берди.

Nigeriyada 36 shtatdan 30 tasida toshqin xavfi bor

Бу ҳақда мамлакат сув хўжалиги ва санитария вазири Жозеф Уцев Вангуард газетасига таяниб баёнот берди.

Polshada 2500 amerikalik askarni sig‘dira oladigan yangi lager ochildi

Бу ҳақида хабар берди Полша мудофаа вазирлиги.

Nyu-Yorkdan uchib kelgan fuqaroning sumkasidan o‘q otar qurolning o‘qlari topildi

Мазкур ҳолат юзасидан суриштирув ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Trampdan keskin qadam: Xitoy tovarlariga boj 145 foizgacha oshdi

Трамп Хитой товарларига божни 145 фоизгача кўтарди.

Prezident va dush dramasi: Tramp sochini yuvishga xalaqit qilgan farmonni bekor qildi

"Сув оқмайди, шампун ювилмайди!" Трамп душ чекловига қарши чиқди.

NATO Rossiya bilan urushga tayyorgarlikni boshladi! Mashqlar ortidagi jiddiy signal

НАТО Россия билан уруш ҳолатини тақлид қилмоқда.

Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi

Андижон шаҳри Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бўлими бошлиғи ҳамда унинг ўринбосари билан меҳнат шартномаси бекор қилинди.

Samarqanddagi stadionda haydovchi mashinasini odamlar ustiga haydadi

«Футболда жамоамиз ютқазиб қўйгани учун жаҳл устида шу ишни қилгандим. Бу ишдан пушаймонман», — деди ҳайдовчи.

Toshkentda yuk mashinasiga urilgan Isuzuda yong‘in chiqdi. Qurbonlar bor

Гувоҳларнинг сўзларига кўра, ёнаётган машинага ҳеч ким яқинлаша олмаган. Оқибатда ундаги икки киши машина ичида қолиб кетиб, ҳалок бўлган.

Qashqadaryoda ikki profilaktika inspektori YTH oqibatida vafot etdi

Оқибатда ўз йўналишида келаётган машинада бўлган ИИБ профилактика инспекторларининг бири воқеа жойида, бири эса шифохонада вафот этган

Tramp Maskni davlat ishidan chetlashtirishga chaqirdi

. Бу ҳақда демократларнинг тегишли мактубида айтилади, деб ёзади “РИА Новости” .

Isroil Hamas garovga olinganlarni ozod qilguniga qadar G‘azodagi operasiyani kengaytiradi

Бу ҳақда яҳудий давлати мудофаа вазири Исроил Катс ўз матбуот хизмати тарқатган видеомурожаати чоғида маълум қилган.

Ukraina AQShdan 50 milliard dollarlik qurol sotib olmoqchi

“Репорт” “ РБК-Украина”га таяниб, бу ҳақда Украина президенти Владимир Зеленский журналистлар билан учрашувда маълум қилди.

Germaniyada fuqarolik olish tartibi o‘zgarmoqda

"Биз фуқаролик тўғрисидаги қонунни яна ўзгартирамиз: 3 йиллик ‘турбо-фуқароликъ энди бўлмайди. Янги тартиб бўйича фақат 5 йил яшагандан сўнг фуқаролик берилади," – деди сиёсатчи.