Mbappening Yevro-2024da o‘yini chiqmayotganining 3ta sababi aytildi

Mbappening Yevro-2024da o‘yini chiqmayotganining 3ta sababi aytildi

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening Yevropa chempionatidagi ishtiroki kutilgan darajada chiqmayotganining sabablari ma’lum qilindi.

Le Parisien nashri bunga 3ta sababni keltirgan. Bular – turnirdagi jarohati, «PSJ» bilan mojaro va siyosat.

Turnirda Avstriyaga qarshi birinchi o‘yinida burnini sindirib olgan forvard jami 4 o‘yinda bor yo‘g‘i bitta gol urdi – Polsha darvozasiga penaltidan to‘p kiritdi.

«Birinchidan, Mbappe Yevroda ideal sport formasida emas. U burni singani uchun niqobda to‘p surayotganiga qaramay, Kilianni beli va tizzasidagi og‘riqlar bezovta qilmoqda. U iyun oyida Lyuksemburg bilan bahsda tizzasidan jarohat olgandi.

Ikkinchidan, Mbappega «PSJ» bilan mojaroli vaziyat ham yomon ta’sir qildi. Kilian shartnomasini uzaytirmagani va «Real»ga erkin agent sifatida o‘tgani uchun u Parij klubi bilan kelishmovchiliklar fonida xayrlashdi.

Uchinchidan, Fransiyadagi siyosiy vaziyat ham uni chalg‘itmoqda. Parlament saylovlarining birinchi turida Marin Le Pen boshchiligidagi «Milliy birlashuv» partiyasi g‘alaba qozonganini Mbappe «fojia» deb atagan», - deyiladi nashr xabarida.

Ma’lumot uchun, Fransiya Yevro-2024 yarimfinalida 9 iyul kuni Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!