Mbappe, Neymar va Messining «PSJ»dagi oylik maoshi qancha ekani ma’lum bo‘ldi

Mbappe, Neymar va Messining «PSJ»dagi oylik maoshi qancha ekani ma’lum bo‘ldi

«PSJ» hujumchi Kilian Mbappega 6 mln yevro miqdorida oylik maosh to‘lamoqda. Bu summadan soliq chiqarib tashlanadi.

24 yoshli futbolchi Fransiya chempionatining eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchi hisoblanadi. Neymarning oylik maoshi esa 3,675 million yevroga teng. Messi esa Neymarga nisbatan biroz kamroq maosh oladi — 3,375 million yevro.

"PSJ" safida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar (top-10):

1. Kilian Mbappe – 6 mln yevro (ofiga);

2. Neymar – 3,675 mln;

3. Lionel Messi – 3,375 mln;

4-5. Markinyos va Marko Verratti – 1,2 mln;

6. Ashraf Hakimiy – 1,083 mln;

7. Janluidji Donnarumma – 916 ming;

8. Serxio Ramos – 791 ming;

9. Xuan Bernat – 730 ming;

10. Nordi Mukiyele – 700 ming.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!