Mbappe Klopp sabab "Liverpul" variantidan voz kechdi

Mbappe  Klopp sabab "Liverpul" variantidan voz kechdi

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe endi "Liverpul"ni faoliyatini davom ettirish uchun variant deb hisoblamaydi, deya xabar beradi Caught Offside nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra, Mbappe ingliz klubiga o‘tishni jiddiy o‘rganayotgan edi, chunki uni Yurgen Klopp bilan ishlash imkoniyati o‘ziga tortgan. Fransiyalik hujumchi Klopp uni dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylantira olishiga ishongan. Biroq, Klopp joriy mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etishini e’lon qilgach, "mersisaydliklar" Kilian uchun faoliyatini davom ettirish varianti sifatida ko‘rilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Mbappe klub safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 30 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!