Maxsus ruxsatnomalar karantin tugaguniga qadar amal qiladi – Maxsus komissiya

Maxsus ruxsatnomalar karantin tugaguniga qadar amal qiladi – Maxsus komissiya

Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus shtabning 2020 yil 14 apreldagi qo‘shma yig‘ilishi qaroriga asosan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish va e’lon qilingan karantin talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangi choralar belgilandi.

Unga ko‘ra, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida harakatlanish uchun berilgan maxsus ruxsatnomalar karantin tugaguniga qadar amal qiladi. Bunda maxsus ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha qo‘shimcha harakatlar talab etilmaydi.

Qo‘shma qarorda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi 17-son bayoni bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatini amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq turli tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida quyidagi avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmasligi alohida ko‘rsatib o‘tildi:

– davlat sog‘liqni saqlash tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari (1-band); 

– xususiy tibbiyot tashkilotlari (xususiy klinika, dorixona va boshqa tibbiyot tashkilotlari)ning xizmat avtotransport vositalari (2-band); 

– yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish lisenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilar (shu jumladan, shaxsiy davlat raqamli avtotransport vositalari) yo‘lovchilarsiz, yetkazib berish xizmati ko‘rsatish maqsadida (4-band) harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma (stiker) talab qilinmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!