Mavrikiyda kemadagi 4 ming tonna neft okeanga oqib ketdi. Bu davlat uchun ekologik falokat

Mavrikiyda kemadagi 4 ming tonna neft okeanga oqib ketdi. Bu davlat uchun ekologik falokat

Mavrikiy hukumati orol qirg‘oqlariga yoyilgan neft tufayli favqulodda ekologik vaziyat e’lon qilgan. Yonilg‘i quruq yuk tashlaydigan MV Wakashio kemasidan sizib chiqqan. Jamoa darhol evakuasiya qilingan.

Suvga tonnalab neft mahsuloti oqqan. Asosiy daromadi turizmdan bo‘lgan aholi uchun bu haqiqiy fojia. Ko‘plab sayyohlar ayni maskanga o‘ziga xos tabiati va korall riflari tufayli tashrif buyuradi. Ekologlar minglab hayvonlarning nobud bo‘lishi, turizmga berilgan zarba esa orol iqtisodiyoti uchun jiddiy sinov bo‘lishidan ogohlantirdi. Mavrikiy hukumati bunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni bilmasliklarini tan olib Fransiyaga murojaat qilgan. Rasmiy Parij bu borada yordam qo‘lini cho‘zadi.

MV Wakashio kemasi Yaponiya kompaniyasiga tegishli bo‘lsa-da, Panama bayrog‘i ostida harakatlangan. Kemada 4 ming tonnaga yaqin yonilg‘i bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!