Marsliklar va veneraliklar: kasbiy munosabatlar psixologiyasi

Marsliklar va veneraliklar: kasbiy munosabatlar psixologiyasi

Psixologlar fikriga ko‘ra, erkaklar va ayollar fiziologik xususiyatlari bilan bir qatorda, ruhiy, hissiy va atrofida yuz berayotgan voqealar va turli hodisalarga munosabat bildirishi bilan ham farqlanar ekan. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi psixologik farqlar nafaqat oilaviy munosabatlarda, balki kasbiy munosabatlarda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bugun deyarli barcha sohalarda ekaklar va ayollar birgalikda mehnat faoliyatini olib boradilar. Ayollar va erkaklar ruhiy holatidagi farqlarni o‘rganish va shunga munosib ravishda to‘g‘ri mehnat munosabatlarini shakllantirish va ta’minlash har qanday kompaniya yoki ishxonaning muvaffaqiyat garovi hisoblanadi.

Shu boisdan ham rivojlangan davlatlarda psixologlar va tadqiqotchilar ikkala jins vakillarining psixologiyasi, mantiq va hisssiyot olamidagi farqlar hamda o‘xshashliklar, ularning kuchli va ojiz tomonlarini o‘rgangan holda, kasbiy munosabatlarni yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan amaliy takliflar va xulosalar ishlab chiqishgan.

Xususan, amerikalik tadqiqotchi Jon Grey erkaklar va ayollar o‘rtasidagi kasbiy munosabatlarni o‘rganar ekan, ularning bir biridan farq qilishini va ularning asl mohiyatini anglamaslik natijasida mehnat munosabatlarida erkak va ayol xodimlar o‘rtasida tushunmovchilik va boshqa salbiy holatlarning vujudga kelishini ta’kidlaydi. Tadqiqotchi ikkala jins vakillari ruhiyatidagi farqlarni va ularning kasbiy munosabatlarga ta’sirini o‘rganar ekan, ularni yaqqol ko‘rsatish uchun shartli ravishda erkaklarni “marsliklar” va ayollarni “veneraliklar”, ya’ni boshqa-boshqa sayyora vakillari deb ta’kidlaydi.

Erkak-ayol o‘rtasidagi munosabatlarning tarixiy rivojlanish bosqichlariga nazar solar ekanmiz, erkaklar oila parvarishi uchun uydan tashqarida, ayollar esa ko‘proq uy ichkarisida mehnat qilishganiga guvoh bo‘lamiz. Ushbu uzoq muddatli tarixiy jarayon natijasida erkaklarda ko‘proq mehnat va harakat orqali ma’lum natijaga erishish, ayollarda esa aksariyat hollarda mavjud munosabatlarni saqlab qolish va doimiy xavfsiz muhitni yaratishga bo‘lgan tabiiy instikt shakllangan.

Ushbu psixologik xususiyatlarni kasbiy munosabatlar doirasida tahlil qilar ekanmiz, erkaklar va ayollar o‘rtasida ish yuzasidan olib boriladigan muloqotlarga e’tiborni qaratish ahamiyatli hisoblanadi. Xususan, o‘zaro muloqot davomida “marsliklar” va “veneraliklar” bir xil so‘zlarni ishlatishsada, aslida ma’no jihatdan bir-biridan farqli tushunchalarni nazarda tutgan bo‘lishlari mumkin. Bu esa kasbiy munosabatlarda erkak va ayol xodimlar o‘rtasidagi tushunmovchilikka olib kelishi tabiiy hol.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ishxona va ofislarda ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq ruhiy va hissiy bosim ostida bo‘ladi. Shu boisdan, ularning fikrlari, g‘oyalari hurmat qilinishiga va qo‘llab-quvvatlanishga ko‘proq ehtiyoj sezishadi. Bu holat ularning kasbiy muloqotda ma’lum vaziyatga munosabat bildirish jarayonida ham ko‘rinishi mumkin.

Erkaklar asosan muammolarni hal qilish va topshirilgan vazifalarni bajarish yuzasidangina muloqotga kirishadi hamda tegishli axborotni yetkazishga harakat qiladi. Ayollar uchun esa kasbiy muloqot muammolarni yechish bilan bir qatorda, ushbu jarayonda yuzaga keladigan stresslarni va bosimlarni kamaytirishni, kreativlik va yangi g‘oyalarni kashf qilishni ifodalashni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Demak, kasbiy muloqot jarayonida ayol kishi faqatgina tegishli ma’lumotni ifodalashdan tashqari, o‘z kechinmalari va hissiyotlarini ham shunchaki ma’lumot o‘rnida bayon qilishi mumkin. Bu muloqot jarayonini to‘g‘ri talqin qilish va tushunish mehnat munosabatlarida muhim ahamiyatga ega. Masalan, ayol kishi “Bugun juda og‘ir kun bo‘ldi” – deb ruhiy va hissiy holatini bayon qilishi mumkin. Bunga javoban boshqa bir ayol “Ha, shunday juda qiyin kun bo‘ldi” deb hamkasbini ruhan qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada esa, “veneraliklar” o‘zaro bir-birlarini tushunganliklarini va birdam ekanliklarini izhor qilishadi hamda ruhiy bosimni kamaytirishadi.

Xuddi shu vaziyatga, ya’ni ayol kishining “Bugun juda og‘ir kun bo‘ldi” degan ruhiy holatiga “marslik” (erkak kishi) qanday munosabat bildirishi mumkin? Katta ehtimol bilan “Yo‘g‘ee, bu hech narsa emas, men bundan ham og‘ir kunlarni ko‘rganman” – deb fikr bildirishi va bu orqali ayol kishiga ruhan dalda berdim deb o‘ylashi tabiiy. Aslida esa, bu “veneralik” kutgan javob bo‘lmasligi mumkin! Ayol kishi ruhiy holatini bayon qilayotganda unga faqat ishonishlarini va uni qo‘llab-quvvatlashlarini xoxlaydi.

Bundan tashqari, muammolarga yechim topishda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi yondashuvlar farqlanadi. Xususan, erkaklar agar muammoni yechish imkoniyati bo‘lmasa uni muhokama qilish yoki u haqida gapirishdan ma’no yo‘q deb hisoblagan bir paytda, ayollar bu muammoni yecholmasak ham, u haqida gaplashishimiz mumkinku, degan fikrda bo‘lishadi. Bu esa “marsliklardan” “veneraliklarni” to‘g‘ri tushunishlarini va ko‘proq tinglash qobiliyatini rivojlantirishlarini talab qiladi.

Yuqoridagilarga asoslanib aytish mumkinki, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi ruhiy va hissiy farqlarni inobatga olish hamda muvaffaqiyatli uyg‘unlikni ta’minlashgina sog‘lom mehnat munosabatlarining asosi bo‘la oladi.

Ushbu qisqa maqoladan ko‘zlangan asosiy maqsad – ijobiy kasbiy munosabatlarning shakllanishida ba’zan qonunchilik yoki mehnat shartnomasi qamrab ololmaydigan jihatlar ham mavjudligini ko‘rsatishdan iborat. Yozilgan fikrlardan qanday xulosa chiqarishni esa o‘quvchiga qoldiramiz.

Murodjon Mustafoyev, mustaqil tadqiqotchi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.