“Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongress ishtirokchilariga

“Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongress ishtirokchilariga

Avvalambor, Siz, azizlarni – Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan tashrif buyurgan taniqli olim va tadqiqotchilar, madaniyat va san’at namoyandalarini, xalqaro tashkilotlar vakillarini, boy ma’naviy-ma’rifiy merosimizning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan birinchi xalqaro kongressning barcha ishtirokchilarini samimiy qutlashdan g‘oyat mamnunman.

Ma’lumki, azaliy do‘stlik va qardoshlik rishtalari bilan bog‘langan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon xalqlarini umumiy tarix va madaniyatimiz, boy ma’naviy va ilmiy merosimiz yanada birlashtirib keladi.

Mamlakatimiz hududida yashab ijod qilgan buyuk tafakkur sohiblari dunyoni bilim va ma’rifat nuri bilan munavvar etib, fundamental asarlari, mashhur ilmiy kashfiyotlari orqali jahon taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shganlar.

Mazkur anjuman yangi barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazida bo‘lib o‘tayotgani albatta bejiz emas. Ushbu muazzam majmuada uch ming yildan ziyod shonli tarix, jumladan, mintaqamiz zaminidagi Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlarini, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti va kelajagini mujassam etgan noyob intellektual-ma’naviy maskanda Sizlar bu haqiqatni yaqqol his qilishingiz mumkin.

Hurmatli kongress ishtirokchilari!

Turli mintaqalarda ziddiyat va qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab davrda tinchlik va barqarorlikni saqlash, har bir ishda ilm va ma’rifatga tayanish, turli xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash, sivilizasiyalararo muloqotni kuchaytirish barchamizning eng dolzarb vazifamiz bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekistonda bu borada katta islohotlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda qariyb 500 ta yangi umumta’lim maktabi barpo etilgani, oliy o‘quv yurtlarining soni 77 tadan 202 taga yetgani, Prezident maktablari, buyuk olim va mutafakkirlar nomlari bilan ataladigan ijod maktablari faoliyat ko‘rsatayotganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.

Xalqaro hamkorlarimiz bilan ma’naviy-ma’rifiy merosni saqlash bo‘yicha tajriba va fikr almashish, birgalikdagi qo‘shma tadqiqot va loyihalarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olish bundan keyin ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Sizlarning ishtirokingizda Markaziy Osiyodagi islom sivilizasiyasining global ma’rifatchilik harakati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasi loyihasini ishlab chiqsak bu borada katta amaliy qadam bo‘ladi. Biz kelgusi yili BMTning Bosh qarorgohida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosiga bag‘ishlab tashkil etiladigan taqdimot doirasida mazkur rezolyusiyani qabul qilish bo‘yicha alohida tadbir o‘tkazishni rejalashtirganmiz.

Buyuk tarixga ega Markaziy Osiyoning ilm-fan va ma’rifat markazi sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlash uchun birgalikda samarali ish olib borishimiz zarur va bu sharafli yo‘lda barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz.

Bugungi anjuman kelgusida ham doimiy o‘tkazilib, ilmiy-madaniy hayotimizda samarali muloqot maydoniga aylanishiga ishonaman.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar, kongress ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

AQSh Eron neft eksportining 90 foizini nazorat qiluvchi Xark orolini egallashni rejalashtirmoqda

Бу ҳақда Axios хабар берди.

Eronning yangi oliy rahbari saylandi, ammo...

Эрон Экспертлар кенгаши мамлакатнинг янги олий раҳбарни сайлади, деб хабар берди Эроннинг Mehr ахборот агентлиги кенгаш аъзоларига таяниб.

Eronning asosiy maqsadi nima?

Мамлакатнинг тактикаси бир неча босқичдан иборат.

Ko‘rfazda AQSh uchun noxush vaziyat

Яқин Шарқда вазият кескинлашиб бораётган паллада Кўрфаз давлатлари АҚШнинг уларни ҳимоя қилиш салоҳиятига ишончни йўқотди, деб хабар бермоқда Foreign Policy журнали.

Masud Pezeshkian Yaqin Sharq yetakchilariga murojaat yo‘lladi

Эрон Президенти Масуд Пезешкиан зарбалардан сўнг Яқин Шарқ мамлакатлари етакчиларига мурожаат қилди.

Poytaxtda "tirik kitob" Xayrulla Asadov jarimaga tortildi

Ижтимоий тармоқларда "тирик китоб" номи билан танилган китоб сотувчиси Хайрулла Асадов ноқонуний тадбиркорлик фаолияти учун жаримага тортилди.

"Real" muxlislarini xursand qiladigan xabar chiqdi

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчиси Килиан Мбаппе тиззасидаги жароҳатини даволашда давом этмоқда.

AQSh 24 soat ichida 200dan ortiq askarini yo‘qotdi

Эрон расмийлари хабарига кўра, АҚШ инфратузилмаси ва манфаатларига жиддий зарар етказилган.

Demak... Eron Ozarbayjonga xujum qilmagan

Эрон Ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи озарбайжонлик ҳамкасби Жейҳун Байрамов билан телефон орқали мулоқот қилиб, Эроннинг яхши қўшничилик сиёсати ва барча соҳаларда алоқаларни кенгайтириш истагини таъкидлади.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Tramp Eronning yangi oliy rahbari haqida gapirdi

Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.

Trampning Xitoyga tashrifi tafsilotlari oshkor bo‘ldi

South China Morning Post нашри манбаларига кўра, АҚШ президенти Доналд Трамп Хитойга ташрифи давомида Пекиндан бошқа шаҳарларга бормайди.

Eronga qarshi urush tugadimi?

Бу ҳақда CBS News телеканали хабар берди.

Boy osiyoliklar Dubaydan aktivlarini ko‘chirmoqda

Bloomberg агентлигининг 9 март куни хабар беришича, бой осиёлик инвесторлар авж олган можаро сабаб Дубайга кўчиб ўтишни вақтинча тўхтатиб қўйган.

Eron Tramp kutgandan kuchliroq bo‘lib chiqdimi?

Бу ҳақда The New York Times америкалик ҳарбий манбаларга таяниб хабар берди.

Farg‘onada suv ta’minoti xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklani yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi

Мазкур ҳолат юзасидан тегишли ҳужжатлар расмийлаштирилиб, жарима қўлланилиши ҳақида маълум қилинган вақтда ушбу хонадонда яшовчи фуқаро П.Ф. хизмат вазифасини бажараётган инспектор Д.С.га қаршилик қилиб, жанжаллашган.

Қидирувда бўлган 533 нафар шахс қўлга олинган.

NATO havo mudofaa tizimi Turkiyada Eron raketasini urib tushirdi

Бу ҳақда Туркия президенти маъмурияти алоқа бошқармаси раҳбари Бурҳонеттин Дуран маълум қилди.

Eronda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlaganlar mulki musodara qilinadi

Эрон Бош прокуратураси АҚШ ва Исроилнинг мамлакатга қарши ҳаракатларини қўллаб-қувватловчи фуқароларга тегишли барча мол-мулкни мусодара қилмоқда.

Andijondagi YTH oqibatida aka-uka vafot etdi

Воқеа 2 март куни соат тахминан 23:00 да содир бўлган. 32 ёшли ҳайдовчи Cobalt машинасида ҳаракатланиб кетаётган вақтида рул бошқарувини йўқотган

Germaniyada turar joy binosiga meteorit tushdi

Полиция вакили DPA агентлигига қулаган метеоритлар бошқа ҳудудлардаги томлар ва уйларга ҳам зарар етказганини билдирган.

Bahraynda yirik neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi

Bapco компанияси форс-мажор ҳолатини эълон қилди, бу эса заводнинг ёнилғи етказиб беришни тўхтатишидан далолат беради.

Isfahondagi yadro ob’ekti jiddiy shikastlangan

Халқаро атом энергияси агентлиги ҳозирча бу баёнотларга изоҳ бермади

Buyuk Britaniya HMS Prince of Wales aviatashuvchi kemasini Yaqin Sharqqa joylashtirishga tayyorlamoqda

Бу ҳақда Sky News хабар берди.

Eron Bahrayndagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi, qurbonlar bor

Бу ҳақда Эрон давлат радио ва телевидениеси хабар берди.

Brent neftining narxi 86 dollardan oshdi

Ҳормуз бўғозининг ёпилиши нефть таъминотида узоқ вақт давомида узилишларга олиб келиши мумкин, бу эса “қора олтин” нархининг кўтарилишига олиб келади.

Medvedev arab davlatlariga AQSh bazalari ular uchun tahdid ekanini aytdi

Россия Хавфсизлик кенгаши раиси ўринбосари Дмитрий Медведев Форс кўрфазидаги араб давлатларининг ўз ҳудудларига Америка базаларини жойлаштирганини ва соддаларча улардан ҳимоя кутганини истеҳзо билан гапирди.

Eronga qarshi urush yana bir necha hafta davom etishi mumkin

Бу ҳақда Axios манбаларига таяниб хабар берди.

Tramp Eronga keskin talab qo‘ydi

Трамп Эронни «шартсиз таслим бўлишга» чақирди.

Italiya mudofaa vaziri: Isroil va AQSh xalqaro qonunlarni buzdi

Италия мудофаа вазири Гуидо Крозеттонинг айтишича, Исроил ва АҚШнинг Эронга қарши амалга оширган ҳужумлари халқаро ҳуқуқ меъёрларидан ташқарига чиққан.

Eron yangi hujumlar to‘lqinini boshladi

IRIB ахборот агентлиги хабар беришича, Эрон ракета ҳужумларининг янги тўлқинини бошлади.

Eron Abu-Dabidagi AQSh harbiy shtab-kvartirasiga zarba berdi

Эрон Абу-Даби халқаро аэропорти яқинида жойлашган АҚШ ҳарбий штаб-квартирасига зарба берди, деб хабар қилди IRIB ўзининг Telegram каналида.

Tahlilchi: Eron inqirozi yevroga jiddiy xavf tug‘dirmoqda

Бу ҳақда Alfa-Forex мижозларни қўллаб-қувватлаш ва савдо бўлими раҳбари Александр Шнайдерман маълум қилди.

Oq uy: AQShda ko‘pchilik bilmaydigan qurol zaxiralari mavjud

Бу ҳақда Оқ уй матбуот котиби Каролин Левитт 5 март куни Time журналига маълум қилди.

Ekspertlar: Ispaniyada NATO bilan bog‘liq yechilmas muammo yo‘q

Экспертлар фикрича, Испанияда НАТО билан боғлиқ ечилмас муаммо мавжуд эмас.