Dorilarni resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzganik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Qonun (O‘RQ–1120-son, 06.03.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
🔰 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzganlik —
➖ BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
📌 Amaldagi tahrirda mazkur huquqbuzarlik uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima belgilangan.
✅ Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
➖ BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
📌 Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 100 baravarini tashkil etishi belgilangan.
📝 Shuningdek, Yer kodeksiga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijarachisi yer uchastkalaridan biri yoki bir nechtasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkinligini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.
💸 Bundan tashqari, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, “Vatandosh” kartasining amal qilish davrida “Vatandosh” kartasi egacining oila a’zolari amaldagi viza muddatini ko‘p martalik viza etib uzaytirganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinishi belgilandi.
