Havo sovigani sabab O‘zbekistonda metan zapravkalar ishiga yana cheklov o‘rnatiladi

Havo sovigani sabab O‘zbekistonda metan zapravkalar ishiga yana cheklov o‘rnatiladi

O‘zbekistonda havo harorati pasayishi sababli 10 mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublika hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab ortdi. Shu sababli magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda. Bunday sharoitda, eng avvalo, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, 10 mart, seshanba kuni soat 16:00 dan boshlab Respublikadagi metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.

“Mazkur chora-tadbirlar, avvalo, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy soha ob’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda davom ettiriladi”, deyiladi vazirlik xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nega Isroil O‘zbekistonga qiziqib qoldi?

Исроил Эроннинг шимолидаги Марказий Осиё давлатлари билан иқтисодий, технологик