«Katta shlem» turkumidagi turnirlarning besh karra chempioni Mariya Sharapova tennisdagi faoliyatini yakunlaganligi haqida e’lon qildi. 32 yoshli rossiyalik tennischining xayrlashuv essesi Vanity Fair jurnalida e’lon qilindi.
«Sen bilgan yagona hayot bilan qanday xayrlashish mumkin? Bolaligingdan mashg‘ulotlar olib borgan, sevgan o‘yining, hammadan quvonch ko‘z yoshlaringni yashirishga majbur qilgan kortlardan qanday ketish mumkin? O‘z oilangni topgan, 28 yildan ortiq vaqt davomida senga suyanch bo‘lgan sportdan ketish mushkul. Bu men uchun yangilik, shunday ekan meni kechiringlar. Xayr, tennis!» - deya yozilgan xayrlashuvda.
Ma’lumot uchun, Mariya Sharapova faoliyati davomida 36ta sovrin sohibasi sanaladi. U Olimpiada-2012 kumush medalini qo‘lga kiritgan.
Rossiyalik tennischi so‘nggi yillarda yelkasidan olgan jarohatini tiklashga urindi. Ustiga-ustak 2016-17 yillarda doping muammosi tufayli uzoq muddat o‘yin amaliyotisiz qoldi. 2019 yilda esa 15 o‘yin o‘tkazib, ulardan 7tasida mag‘lub bo‘lgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.