Maqsad — sayyohlar xavfsizligini ta’minlash va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish

Maqsad — sayyohlar xavfsizligini ta’minlash va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan turizm namoyishi va infratuzilmasi ob’ektlari hududida chet el va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash bilan birga ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tashrif buyurgan turistlar uchun internet orqali viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi haqida yanada ko‘proq ma’lumot berish, ular tomonidan zarur hollarda boshqarmaga murojaat qilinishini ta’minlash maqsadida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi joylashgan ma’muriy bino, aloqa telefoni raqamlari, manzili, ish vaqti va boshqa ma’lumotlar “Tourist Police of Kashkadarya” nomi ostida “Google xarita”ga joylashtirildi.

Endilikda, Shahrisabz shahriga kelgan chet el va mahalliy sayyohlar Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarini bevosita ya’ni, gid-tarjimonlar va mahalliy aholi yordamisiz internet tarmog‘idagi “Google Maps” elektron xaritasidagi ma’lumotlar yordamida topishlari va murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, mamlakatimizning turistik jozibadorligi va buyuk o‘tmishi haqida xabardor qilib borish, tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sohaga oid eng oxirgi normativ-huquqiy hujjatlar hamda viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining kundalik ish faoliyati va ularning xizmat faoliyati haqida turistlar tomonidan bildirilgan fikrlar to‘g‘risida ma’lumot berib borish maqsadida “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i va “Telegram” messenjirida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining sahifasi va kanali ochilgan bo‘lib, unga doimiy ravishda yangilangan ma’lumotlar kiritib borilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad chet el va mahalliy sayyohlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishish orqali yordamga muhtoj sayyohlarga tezkorlik bilan amaliy yordam ko‘rsatishni ta’minlash va bu orqali ularda yurtimiz to‘g‘risida ijobiy fikrlar shakllantirishga erishishdir.

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!