Mamlakat bo‘ylab infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi joriy etiladi

Mamlakat bo‘ylab infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda, avvalo, o‘tkir yurak qon-tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish va davolashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Rejaga ko‘ra, “Stent for Life” va “Action Plan for Stroke” xalqaro dasturlari asosida ishlab chiqilgan “Infarkt va insultga qarshi kurashish” milliy dasturi 2026 yil 1 maydan boshlab Samarqand viloyati va Toshkent shahrida, 1 oktyabrdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida, 2027 yildan esa boshqa hududlarda amaliyotga joriy etiladi.

Milliy dastur doirasida 30 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish hamda natijasiga ko‘ra aniqlangan xavf guruhiga mansub fuqarolarni maqsadli tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish hamda bemorlarga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish algoritmlari va klinik marshrutlarini amaliyotga joriy etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, mazkur kasalliklarda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda xalqaro standartlarga muvofiq “oltin soat” tamoyilining vaqt me’yorlari joriy etiladi.

Taqdimotda tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik va raqamli imkoniyatlarini keskin oshirishga qaratilgan choralar ham keltirildi. Brigadalar telemetrik elektrokardiograf va monitorli defibrillyatorlar bilan ta’minlanadi. Shu jumladan, EKG natijalarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish va axborot tizimi orqali yuborish, shuningdek, tez tibbiy yordam brigadalari va shifoxonalar o‘rtasida real vaqt rejimida ma’lumot almashish imkoniyati yaratiladi.

Stasionar tibbiyot muassasalarida insultni sun’iy intellekt asosida tashxislash imkoniyati yaratilib, bemorlarning harakat marshruti raqamlashtiriladi. Shifoxonalar esa shoshilinch holatlarda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun tromb erituvchi dori vositalari hamda zarur sarflov materiallari bilan ta’minlanadi.

Shoshilinch stasionar tibbiy xizmat ko‘rsatishga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini jalb qilish, o‘tkir yurak-qon tomir va bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladi.

Milliy dastur doirasida “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida bemorlar hamda xavf guruhidagi aholining elektron reestri yuritilishi ta’minlanadi.

Aholi o‘rtasida profilaktika va targ‘ibot ishlariga ham alohida urg‘u berildi. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ijtimoiy roliklar, infografika, animasiya va qisqa metrajli videoroliklar tarqatish, bozor va savdo markazlari yaqinida bilbord va bannerlar joylashtirish, ta’lim muassasalari, korxona va mahallalarda infarkt va insult alomatlarini barvaqt aniqlash bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Angels Initiative” xalqaro tashabbusining “FAST Heroes” dasturi asosida maktab o‘quvchilari uchun maxsus mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Har yili 29 sentyabr – Butunjahon yurak kuni va 29 oktyabr – Butunjahon insultga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bepul qon bosimi, qand va xolesterin ko‘rsatkichlarini o‘lchash, aholining shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha savodxonligini oshirishga qaratilgan ommaviy tadbirlar o‘tkaziladi.

Dasturni moliyalashtirishga 2026 yilda 239 milliard so‘m, 2027 yildan boshlab 280 milliard so‘m ajratilishi ta’kidlandi.

Taqdimotda, shuningdek, 2026-2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Qon mahsulotlariga talab ortib borayotgani inobatga olinib, xizmat imkoniyatlarini kengaytirish va davolash muassasalarining qon hamda qon mahsulotlariga ehtiyojini to‘liq ta’minlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.

Jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida har ming nafar aholiga qon topshirishlarning (donasiyalar) sonini 10 tadan 30 tagacha oshirish, jami donasiyalarning sonini 1 milliontagacha ko‘paytirish orqali tayyorlanadigan qon zaxirasini 150 ming litrdan 450 ming litrga yetkazish, beg‘araz qon donorlarining sonini 300 ming nafardan 900 ming nafarga yetkazish maqsad qilingan.

Etakchi xalqaro tajriba asosida qon va uning tarkibiy qismlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan standart operasion jarayonlar, xavfsizlik bayonnomalari hamda zamonaviy skrining usullari joriy etiladi. Shu bilan birga, qon xizmati tizimi xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari oshiriladi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi hamda beg‘araz donorlik harakati qo‘llab-quvvatlanadi.

Qon bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish uchun “ehtiyoj – qayta ishlash – yetkazish” zanjirida jarayonlarni boshqarish tizimi joriy etiladi.

Raqamli platforma doirasida “Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish” axborot tizimi joriy qilinib, qon va uning tarkibiy qismlari harakatini nazorat qilish, shoshilinch tibbiy yordam bilan integrasiyalangan holda buyurtma berish, muassasalarning zaxirasini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.

Qon bilan ishlash xizmatini moliyalashtirish uchun 2026 yilda 308 milliard so‘m, 2026-2030 yillarda esa sohani takomillashtirishga jami 1,75 trillion so‘m nazarda tutilgani qayd etildi.

Taqdimotda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlar va klinikalar faoliyatini o‘rganish natijalari haqida axborot berildi.

Ishchi guruhlar 2025 yil sentyabr-dekabr oylarida 37 ta respublika darajasidagi tibbiyot markazlari va klinikalar faoliyatini kompleks o‘rganib, qator tashkiliy va boshqaruv kamchiliklarini aniqlagan. Ularni bartaraf etish uchun 27 ta banddan iborat chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u tibbiy xizmat sifatini oshirish, hududlar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, kadrlar salohiyati va ilmiy-tadqiqot faoliyati, moliyaviy intizom va resurslardan samarali foydalanish yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishda xorijiy ekspertlarni jalb etish masalasi ham muhokama qilindi.

Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni rejalashtirish va milliy laboratoriya tizimini isloh qilish bo‘yicha texnik shartlar ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirishda 25 ta xalqaro va 19 ta mahalliy ekspertni jalb qilish taklif etildi.

Shuningdek, Respublika onkologiya markazi va uning hududiy filiallarini modernizasiya qilish loyihasi taqdimot qilindi.

2021 yilda Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizasiya qilish (II bosqich)” loyihasi doirasida markazning yangi majmuasi va uning 13 ta filiali uchun jami 61 million dollarlik 119 turdagi tibbiy uskunalar xarid qilingan. Yana 5,6 million dollar hisobiga qo‘shimcha 5 turdagi uskunalar xarid qilinishi nazarda tutilgan.

Bunga qo‘shimcha ravishda jalb qilinadigan 10 million dollar hisobidan markaz uchun 80 turdagi 1027 dona tibbiy jihozlar, shuningdek, radiofarmasevtik mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan siklotron va radiosintez laboratoriyasini xarid qilish taklif etildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbariga farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

Farmasevtika tarmog‘i hozirda sanoatimizning yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgan yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Bugungi kunda tarmoqda 2,3 milliard dollarlik 156 ta loyiha amalga oshirilmoqda, 2025 yilda 362 million dollarlik xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi hamda 2,4 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Tarmoq korxonalari tomonidan qiymati 7,3 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, dunyoning 55 ta davlatiga 220 million dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

Dori vositalari sifatini ta’minlash va byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan so‘nggi islohotlar natijasida tadbirkorlar tomonidan ilk bor 130 turdagi import dori vositalarini transfer texnologiyasi asosida O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar boshlandi.

Shuningdek, 2 ming nomdagi import dori vositalarining referent narxlari qayta belgilangani hisobiga dorilarning ulgurji narxlari 40-60 foizga pasaytirildi.

Taqdimotda import o‘rnini bosuvchi mahalliy dori vositalarining sifatini oshirish hamda ommabopligini ta’minlash, buning uchun investorlarga zarur shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish va laboratoriya quvvatlarini oshirish hamda shaffof sifat nazorati tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz takliflarni ma’qullab, tegishli qarorlarni imzoladi. Mutasaddilarga belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, muhokama qilingan yo‘nalishlarda aniq natijalarga erishish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

AQSh Eron neft eksportining 90 foizini nazorat qiluvchi Xark orolini egallashni rejalashtirmoqda

Бу ҳақда Axios хабар берди.

Eronning yangi oliy rahbari saylandi, ammo...

Эрон Экспертлар кенгаши мамлакатнинг янги олий раҳбарни сайлади, деб хабар берди Эроннинг Mehr ахборот агентлиги кенгаш аъзоларига таяниб.

Ko‘rfazda AQSh uchun noxush vaziyat

Яқин Шарқда вазият кескинлашиб бораётган паллада Кўрфаз давлатлари АҚШнинг уларни ҳимоя қилиш салоҳиятига ишончни йўқотди, деб хабар бермоқда Foreign Policy журнали.

Masud Pezeshkian Yaqin Sharq yetakchilariga murojaat yo‘lladi

Эрон Президенти Масуд Пезешкиан зарбалардан сўнг Яқин Шарқ мамлакатлари етакчиларига мурожаат қилди.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

Poytaxtda "tirik kitob" Xayrulla Asadov jarimaga tortildi

Ижтимоий тармоқларда "тирик китоб" номи билан танилган китоб сотувчиси Хайрулла Асадов ноқонуний тадбиркорлик фаолияти учун жаримага тортилди.

"Real" muxlislarini xursand qiladigan xabar chiqdi

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчиси Килиан Мбаппе тиззасидаги жароҳатини даволашда давом этмоқда.

AQSh 24 soat ichida 200dan ortiq askarini yo‘qotdi

Эрон расмийлари хабарига кўра, АҚШ инфратузилмаси ва манфаатларига жиддий зарар етказилган.

Demak... Eron Ozarbayjonga xujum qilmagan

Эрон Ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи озарбайжонлик ҳамкасби Жейҳун Байрамов билан телефон орқали мулоқот қилиб, Эроннинг яхши қўшничилик сиёсати ва барча соҳаларда алоқаларни кенгайтириш истагини таъкидлади.

Eron yadroviy apokalipsis uyushtirishi mumkin

Эрон агар АҚШ ва Исроил ўз ҳужумларини давом эттирса, Димонага зарба бериб, ядровий апокалипсис уюштиришини айтди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Eron Tramp kutgandan kuchliroq bo‘lib chiqdimi?

Бу ҳақда The New York Times америкалик ҳарбий манбаларга таяниб хабар берди.

Eronga qarshi urush tugadimi?

Бу ҳақда CBS News телеканали хабар берди.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eron bir shart bilan Yaqin Sharqdagi mojaroni deeskalasiya qilishga tayyor

Бу ҳақда Масъуд Пезешкиён Туркия президенти Ражаб Тоййиб Эрдоған билан телефон орқали суҳбатида маълум қилди.

Eron: ishlar rejadagidan 4–5 hafta oldinda

АҚШ Эрон кемаларини қўлга олиш ўрнига уларни йўқ қилмоқда ва бу “янада завқлироқ”.

Bayrut jonli efir paytida bombardimon qilindi

Бу ҳодиса Ливан ва Исроил ўртасидаги кескинлик кучайиб бораётган бир вақтда содир бўлди.

Isroil Eron rasmiylarining “suyaklarini sindirishda” davom etmoqda — Netanyaxu

Бенямин Нетаняху, Исроил Бош вазири 10 март куни маълум қилишича, Исроил Эрон расмийларининг суякларини синдиришда давом этмоқда.

Xitoy dunyodagi eng katta armiyalardan biriga aylandi — Business Insider

Халқаро стратегик тадқиқотлар институтининг “The Military Balance 2026” ҳисоботига таяниб, дунё армияларининг шахсий таркиби бўйича рейтингини эълон қилди.

Yaqin Sharq mintaqasidagi urushning bastlabki 10 kunida 1700 dan ortiq inson halok bo‘ldi — Reuters

"28 феврал куни АҚШ ва Исроил Эронга ҳужум бошлади. Шундан сўнг Эрон – АҚШ ҳарбий базалари жойлашган Форс кўрфази давлатлари ва Исроилга қарши ҳужумга ўтди.

Germaniya Bundesveri Ukrainga Patriot raketa tizimlarini yetkazib berishni tashkil qilmoqda

Яқин Шарқда зенит ракеталари тез сарфланаётгани туфайли, Украина учун 30 та янги PAC-3 ракета ва Бундесвер захираларидан яна 5 та ракета тайёрланмоқда.

Eron dron hujumlaridan keyin BAAdagi yirik neft zavodi to‘xtatildi

Reuters маълумотига кўра, БАА давлат нефть компанияси ADNOC Рувайсдаги нефтьни қайта ишлаш мажмуасини ёпган.

Eron Isroilga zarba berish uchun gipertovushli raketalardan foydalanganini aytdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) Исроил ва АҚШ ҳарбий объектларига зарбалар пайтида гипертовушли ракеталар қўлланганини маълум қилди.

Alaniya 27–28 mart kunlari xalqaro Ultra Trail poygasiga mezbonlik qiladi

Туркия бугунги кунда кўплаб спорт турларида йирик халқаро мусобақалар мунтазам ўтказиладиган муҳим спорт марказларидан бирига айланиб бормоқда. Ана шундай спорт тадбирлари тез-тез ўтказиладиган масканлардан бири — Анталия шаҳри бўлиб, у мусаффо соҳиллари, мўътадил иқлими, бой маданий мероси ҳамда сув ва тоғ спортлари учун яратилган кенг имкониятлари билан ҳар йили миллионлаб сайёҳларни ўзига жалб этади.

O‘zbekistonda ikki oy ichida 45 ta uyushgan jinoiy guruh fosh etildi

Қидирувда бўлган 533 нафар шахс қўлга олинган.

Farg‘onada suv ta’minoti xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklani yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi

Мазкур ҳолат юзасидан тегишли ҳужжатлар расмийлаштирилиб, жарима қўлланилиши ҳақида маълум қилинган вақтда ушбу хонадонда яшовчи фуқаро П.Ф. хизмат вазифасини бажараётган инспектор Д.С.га қаршилик қилиб, жанжаллашган.

NATO havo mudofaa tizimi Turkiyada Eron raketasini urib tushirdi

Бу ҳақда Туркия президенти маъмурияти алоқа бошқармаси раҳбари Бурҳонеттин Дуран маълум қилди.

Eronda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlaganlar mulki musodara qilinadi

Эрон Бош прокуратураси АҚШ ва Исроилнинг мамлакатга қарши ҳаракатларини қўллаб-қувватловчи фуқароларга тегишли барча мол-мулкни мусодара қилмоқда.

Andijondagi YTH oqibatida aka-uka vafot etdi

Воқеа 2 март куни соат тахминан 23:00 да содир бўлган. 32 ёшли ҳайдовчи Cobalt машинасида ҳаракатланиб кетаётган вақтида рул бошқарувини йўқотган

Germaniyada turar joy binosiga meteorit tushdi

Полиция вакили DPA агентлигига қулаган метеоритлар бошқа ҳудудлардаги томлар ва уйларга ҳам зарар етказганини билдирган.

Bahraynda yirik neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi

Bapco компанияси форс-мажор ҳолатини эълон қилди, бу эса заводнинг ёнилғи етказиб беришни тўхтатишидан далолат беради.

Isfahondagi yadro ob’ekti jiddiy shikastlangan

Халқаро атом энергияси агентлиги ҳозирча бу баёнотларга изоҳ бермади

Buyuk Britaniya HMS Prince of Wales aviatashuvchi kemasini Yaqin Sharqqa joylashtirishga tayyorlamoqda

Бу ҳақда Sky News хабар берди.

Eron Bahrayndagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi, qurbonlar bor

Бу ҳақда Эрон давлат радио ва телевидениеси хабар берди.

Brent neftining narxi 86 dollardan oshdi

Ҳормуз бўғозининг ёпилиши нефть таъминотида узоқ вақт давомида узилишларга олиб келиши мумкин, бу эса “қора олтин” нархининг кўтарилишига олиб келади.

Medvedev arab davlatlariga AQSh bazalari ular uchun tahdid ekanini aytdi

Россия Хавфсизлик кенгаши раиси ўринбосари Дмитрий Медведев Форс кўрфазидаги араб давлатларининг ўз ҳудудларига Америка базаларини жойлаштирганини ва соддаларча улардан ҳимоя кутганини истеҳзо билан гапирди.