Qashqadaryo viloyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi​​​​​​​

Qashqadaryo viloyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi​​​​​​​

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Qashqadaryo o‘zining katta hududi, boy tabiiy resurslari, rivojlangan sanoati, mehnatkash va tadbirkor xalqi bilan ulkan salohiyatga ega ekani ta’kidlandi.

O‘tgan yili yalpi hududiy mahsulotda 6,8 foiz, sanoatda 7,2 foiz, xizmatlar sohasida 13,6 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,3 foizlik o‘sish qayd etildi. 2017-2025 yillarda aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 3,2 barobar o‘sib, 26,9 million so‘mga yetdi. Ishsizlik va kambag‘allik darajasi tegishli ravishda 4,9 va 6,5 foizgacha tushdi.

2026 yilda iqtisodiyot tarmoqlarida yangi loyihalarni amalga oshirish hisobidan sanoatda 8,6 foizlik o‘sishni ta’minlash, 3,5 milliard dollar investisiya hisobiga 727 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgani qayd etildi. Natijada viloyat iqtisodiyoti 8,2 foizga, xizmatlar 15,9 foizga, qurilish 13,2 foizga, qishloq xo‘jaligi 5,8 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Sanoatda 1,7 milliard dollarlik 195 ta loyihani ishga tushirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda mikrosanoat markazlari tashkil etish orqali tarmoqlarda yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Viloyatda qator yirik sanoat loyihalarini amalga oshirish rejalari haqida axborot berildi. Jumladan, mato, kiyim-kechak va gigiyenik vositalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalari, elektr avtomobillari uchun quvvatlash stansiyalari, fibrosementli panellar va devor plitalarini ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Muborak maxsus innovasion sanoat zonasi va Qarshi yashil texnologiyalar sanoat zonasini tashkil etib, 2026-2027 yillarda ularda 1,1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 36 ta loyihani amalga oshirish va 6 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Yangi yondashuvlar asosida mahallalarni chuqur va o‘rta ixtisoslashtirish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish hisobiga kambag‘allikni qisqartirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, mahallalarda 820 milliard so‘mlik kreditlar, 52,3 milliard so‘mlik ssuda va subsidiyalar ajratish, o‘zini o‘zi band qilganlarni qo‘llab-quvvatlash orqali 48 mingta tadbirkorlik sub’ekti tashkil etiladi, 31 mingta mikroloyiha amalga oshiriladi.

Natijada 2026 yil yakuniga qadar ishsizlikni 3,2 foizga, kambag‘allikni 3 foizga tushirish, bunda G‘uzor, Qamashi, Ko‘kdala, Mirishkor, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarini kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilingan.

Dunyoda go‘sht narxlari oshib borayotgan hozirgi sharoitda viloyatda chorvachilik va ozuqa bazasini mustahkamlash, yaylov yerlaridan unumli foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy etilayotgani ta’kidlandi.

Bunda 2030 yilgacha 200 ming gektar, shu jumladan, 2026 yilda 15 ming gektar yerni o‘zlashtirish, infratuzilma bilan ta’minlash orqali ozuqa ekinlari, kartoshka, sabzavot, dukkakli va moyli o‘simliklar yetishtirish hajmlarini oshirish vazifasi qo‘yildi.

Joriy yilda g‘alla hosildorligini o‘rtacha 84,8 sentnerga, paxta hosildorligini 47,5 sentnerga, kartoshka hosildorligini 175 sentnergacha oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, 48 ta g‘alla kombayni, 272 ta chigit ekish seyalkasini xarid qilish, suv tejovchi texnologiyalar va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hisobiga qishloq xo‘jaligida daromadni 20-35 foizga oshirish imkoni mavjudligi ko‘rsatildi.

Suv ta’minoti Qashqadaryo uchun eng og‘ir masalalardan ekani qayd etildi.

Ekinlarning katta qismi nasos orqali sug‘orilishi sharoitida 2026 yilda 320 kilometr magistral va 3,3 ming kilometr ichki kanallarni betonlash, 70,6 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, 27,4 ming gektarda lazerli tekislash ishlarini amalga oshirish hamda 16 ta nasos stansiyasini modernizasiya qilish vazifalari belgilandi. Bu orqali 800 million kub metrgacha suv iqtisod qilinishi kutilmoqda.

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida Hisorak suv omboridan Qarshi shahriga suv tortish loyihasi ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi. Ushbu loyiha doirasida 16 ta ichimlik suvi inshooti va 416 kilometr tarmoq quriladi. Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Dehqonobod va Qamashi tumanlaridagi kanalizasiya tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi.

Turizm salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha yiliga 1 million sayyohni jalb qilayotgan Miraki shaharchasi tajribasi asosida yangi loyihalarni qolgan tumanlarda ham kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Qamashi tumanida “Maydanak” baland tog‘ turizm markazini tashkil etish, Shahrisabz tumanida bir vaqtning o‘zida 13 ming sayohatchiga xizmat ko‘rsatadigan “G‘elon” xalqaro umummavsumiy kurortini barpo etish, Yakkabog‘ tumani Tatar qishlog‘ida turizmni rivojlantirish, Hazrati Sulton cho‘qqisi hududida treking yo‘nalishlari va chodirli uylar oromgohini tashkil etish loyihalari shular jumlasidan.

Umuman, joriy yilda 45 ta mehmonxona va mehmon uyi tashkil etilib, qo‘shimcha 1130 o‘rin yaratilishi belgilandi.

Viloyatda yo‘l, uy-joy va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham aniq dasturlar muhokama qilindi. “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi 2 ta tuman va 46 ta mahallada, shuningdek, og‘ir toifadagi 3 ta tuman va 108 ta mahallada ichki yo‘llar, suv ta’minoti, sug‘orish infratuzilmasi hamda elektr tarmoqlarini yaxshilash uchun jami 864 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilandi.

Ijtimoiy yo‘nalishda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatkichlar belgilandi. Jumladan, yangi davlat va xususiy bog‘cha, maktablar tashkil etish, 120 ming nafar xotin-qizning bandligini ta’minlash, 21,1 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, “Ayollar daftari” orqali 102 ming nafariga yordam ko‘rsatish choralari nazarda tutilgan.

Germaniya bilan hamkorlikda tartibli mehnat migrasiyasi va kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha yangi tashabbuslar taqdim etildi. 2026 yilda 3000 nafar, 2027 yilda 5000 nafar yoshni Germaniyaga ishga yo‘naltirish, ularni o‘qitish uchun Qarshi shahrida Ta’lim va texnologiyalar markazini ochish rejalashtirilgan.

Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish, investisiya va eksport ko‘rsatkichlarini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Ёшлар ўртасидаги УЕФА Чемпионлар лигасида иккинчи бор ғолибликни қўлга киритди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Eron Isroil bilan aloqa qilganligi uchun yuqori lavozimli amaldorni qatl qildi

Бу ҳақда Эроннинг расмий суд портали хабар бермоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

“Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi

Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.

Abduqodir Husanov dunyodagi eng yaxshi yosh futbolchilar reytingiga kiritildi

Ўзбекистон терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов CIES версиясига кўра 23 ёшгача бўлган энг яхши футболчилар рўйхатига киритилди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Arag‘chi nima sababdan Pokistonga tashrif buyurganini bilasizmi?

Бу ҳақда Эроннинг Tasnim ахборот агентлиги хабар берди.

Eron AQShga yangi taklif yubordi

Эроннинг янги таклифи - Ҳўрмуз бўғозини очиш ва ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Isroil prezidenti korrupsiyada ayblanayotgan bosh vazir Binyamin Netanyahuni afv etishni rad etdi

Доналд Трамп Нетаняҳу афв этилишини талаб қилмоқда. У Герцогни бу қарорга келмаётгани учун “ожиз" деб атаган.

Angrenda og‘ir YTH sodir bo‘ldi (video)

26 апрель куни соат 23:10 да “А-373” йўлининг 93-км қисмида HOWO юк машинаси ҳайдовчиси бошқарувни йўқотиб, 4 та автомобиль билан тўқнашган.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.

Isroil zarbalari: Livanda qariyb 2,5 ming kishi halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, ҳужумлар оқибатида тинч аҳоли орасида қурбонлар сони юқори бўлиб қолмоқда.

Livanda ko‘chirilgan ayollar uylariga qaytmoqda: “Hamma joyda vayronagarchilikni ko‘rdim”

2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.

AQShda o‘lim jazosi tiklandi. Endi mahkumlar otib o‘ldirilishi ham mumkin

Вазирлик энг оғир жиноятларни жиловлаш учун ушбу жазо туридан фаолроқ фойдаланишини билдирди.

Yaponiyaning Ivate prefekturasida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Ёнғин Оцути шаҳридаги аҳоли пунктларига яқинлашгани сабабли 1500 дан ортиқ хонадон ва 3233 нафар фуқарога эвакуация қилиш тўғрисида буйруқ берилди.

Surxondaryodagi suv havzalaridan biri neftga o‘xshash modda bilan ifloslandi

Айтилишича, сел оқими нефть сақланган сунъий омборга зарар етказган бўлиши эҳтимолдан холи эмас.

Chirchiqda bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ДХХ ва ИИВ органлари томонидан уюшган жиноятчиликка қарши курашиш йўналишида тезкор-қидирув тадбири ўтказилган.