ECHL. "Liverpul" Turkiyada mag‘lubiyatga uchradi
"Galatasaroy" Chempionlar Ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida o‘z maydonida "Liverpul"ga qarshi o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yin "Turk Telekom" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Ettinchi daqiqada Mario Lemina Viktor Osimxenning uzatmasidan so‘ng ochdi. Nigeriyalik hujumchining goli 63-daqiqada ofsayd tufayli inobatga olinmadi. 72-daqiqada Ibragima Konate hisobni tenglashtirdi, ammo uning goli ham qo‘liga tegib ketgani uchun inobatga olinmadi.
"Galatasaroy" - "Liverpul" 1:0
10 mart, soat 22:45
"Turk Telekom" stadioni.
Gol: Mario Lemina 7.
«Galatasaroy»: Ugurjon Chaqir, Yakobs, Abdulkarim Bardakchi, Sanches, Singo, Lemina (Shallai, 77), Torreyra (Gyundogan, 90), Lang (Yunus Akgyun, 77), Sara (Boe, 87), Barish Yilmaz (Eren Elmali, 90), Osimxen.
«Liverpul»: Mamardashvili, Kerkez (Robertson, 60), van Deyk, Konate, Gomes, Makallister, Gravenberx, Virs (Gakpo, 73), Soboslai, Saloh (Frimpong, 60), Ekitike.
Ogohlantirishlar: Sanches (90) — Kerkez (33), van Deyk (55), Gravenberx (88), Soboslai (90).
