2026 yil uchun Forbes tomonidan e’lon qilingan eng boy insonlar ro‘yxati tarixiy rekordlarni yangiladi. Bu yil dunyoda milliarderlar soni 3428 nafarga yetdi, ularning jami boyligi esa 20,1 trillion dollarni tashkil etmoqda.
Tesla va SpaceX egasi Ilon Mask ketma-ket ikkinchi yil Forbes talqiniga ko‘ra dunyoning eng boy milliarderlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi 839 milliard dollarga baholanmoqda, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ($342 mlrd) deyarli 2,5 baravar ko‘p demakdir. Mask bundan avval 2022 yilda ham reytingni boshqargandi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Google asoschilaridan biri Larri Peyj va uning sherigi Sergey Brin egalladi. Shu bilan birga, Amazon asoschisi Jeff Bezos 2016 yildan beri ilk bor kuchli uchlikka kira olmay, to‘rtinchi o‘rinni band etdi.
Dunyoning eng boy 10 nafar erkagi (Mart, 2026)
Ilon Mask (AQSh): $839 mlrd. Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi.
Larri Peyj (AQSh): $257 mlrd. Google asoschilaridan biri.
Sergey Brin (AQSh): $237 mlrd. U ham Google hammuassisi.
Jeff Bezos (AQSh): $224 mlrd. Dunyodagi eng yirik onlayn savdo platformasi — Amazon egasi.
Mark Sukerberg (AQSh): $222 mlrd. Facebook (Meta) kompaniyasi rahbari.
Larri Ellison (AQSh): $190 mlrd. Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Oracle kompaniyasi asoschisi.
Bernar Arno va oilasi (Fransiya): $171 mlrd. Hashamatli buyumlar va moda olamidagi eng yirik xolding — LVMH egasi.
Jensen Xuang (AQSh): $154 mlrd. Videokartalar va chiplar ishlab chiqaruvchi NVIDIA (Semiconductors) kompaniyasi rahbari.
Uorren Baffett (AQSh): $149 mlrd. Berkshire Hathaway kompaniyasi.
Amansio Ortega (Ispaniya): $148 mlrd. Zara brendini o‘z ichiga olgan moda olamidagi gigant tadbirkor.
72 yoshli milliarder Alisher Usmonovning boyligi 14,5 mlrd dollar deya baholanmoqda, u ro‘yxatning 199-pog‘onasidan joy olgan. U o‘tgan yili 16,7 mlrd dollar bilan reytingning 125-pog‘onasida qayd etilgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
Ўзбекистон терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов CIES версиясига кўра 23 ёшгача бўлган энг яхши футболчилар рўйхатига киритилди.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.