Malayziyada murakkab ahvolga tushib qolgan yurtdoshimizning Vatanga qaytishiga yordam ko‘rsatildi

Malayziyada murakkab ahvolga tushib qolgan yurtdoshimizning Vatanga qaytishiga yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 22 aprel kuni O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Malayziyada qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 5 aprel kuni elchixonaga Samarqand viloyatida istiqomat qilayotgan fuqaro S.X. murojaat qilib, uning 2010 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan farzandi X.S. qonuniy vakillarsiz hamda Malayziyada bo‘lib turish qonun-qoidalarini buzgan holda Kuala-Lumpur shahrida murakkab vaziyatda qolib ketgan.

Diplomatik vakolatxona tomonidan X.S.ga O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berildi va unga Malayziya Ichki ishlar vazirligi Migrasiya departamenti tomonidan mamlakatni tark etish uchun maxsus ruxsatnoma olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada, joriy yilning 22 aprel kuni X.S. buvisi hamrohligida "Batik Air" aviakompaniyasining "Kuala-Lumpur – Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha aviareysi bilan O‘zbekistonga qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!