Maktabda xizmatchi ayol 8-sinfda o‘qiydigan qizni kaltakladi. Nega? (video)

Maktabda xizmatchi ayol 8-sinfda o‘qiydigan qizni kaltakladi. Nega? (video)

Novosibirsk viloyatining Yegorovka qishlog‘ida joylashgan maktabda xizmatchi ayol 8-sinfda o‘qiydigan qizni tepkiladi. Bu haqda 360 telekanali xabar bermoqda.

Jabrdiyda qizning shu maktabda xo‘jalik mudiri bo‘lib ishlaydigan onasining aytishicha, janjal uning qizi, singlisi va xizmatchi ayolning qizi o‘rtasida boshlangan. Keyin esa xizmatchi ayol janjalga aralashgan. Qizi onasiga shikoyat qilgach, xizmatchi ayol 8-sinf o‘quvchisiga bir necha marta zarba bergan, jarohat yetkazgan. Buni sud tibbiy ekspertizasi ham tasdiqladi.

Ayni paytda hodisa yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Ayblanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra maktabdan ketdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!