Makkada muqaddas Ka’ba eshigi ta’mirdan chiqdi

Makkada muqaddas Ka’ba eshigi ta’mirdan chiqdi

Ikki muqaddas masjid bosh boshqarmasi Muqaddas Ka’ba darvozasi va Qora tosh (Hajarul-Asvad) atrofidagi kumush ramkaga xizmat ko‘rsatishni yakunladi.

Boshqarma raisi yordamchisi vazifasini bajaruvchi doktor Sa’d bin Muhammad Al-Mheymidning aytishicha, rasmiylar turli davlat idoralari bilan kelishilgan holda musulmonlarning asosiy ziyoratgohi bilan bog‘liq barcha ishlarni nazorat qilgan.

Avgust oyida Makka gubernatori shahzoda Xolid al-Faysal muqaddas Ka’bani yuvgan edi. Marosimda Makka gubernatori o‘rinbosari, shahzoda Badr bin Sulton bin Abdulaziz va Haj va umra vaziri vazifasini bajaruvchi, doktor Issam bin Sa’d bin Said qatnashdi. Shahzoda Xolid muqaddas Ka’baning ichki qismini zamzam va atirgul suvi aralashmasi bilan yuvib chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!