Eronda suv tanqisligi muammosi kuchaydi: Poytaxtni ko‘chirish masalasi muhokamada
Eron hukumati mamlakatdagi suv tanqisligini milliy muammo sifatida baholamoqda — u gumanitar va iqtisodiy inqirozga aylanishi mumkin. Bu haqda hukumat matbuot kotibasi Fateme Moxajerani ma’lum qildi.
«Tehrondagi vaziyat juda yomon. Shu sababli poytaxtni bir haftaga yopish masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz», — dedi u.
Poytaxtni «yopish»dan maqsad — davlat muassasalari, universitetlar va maktablarni vaqtincha yopish, faoliyatni to‘xtatishdir.
Eronning davlat agentligi IRNA xabar berishicha, hukumat suv muammosini hal etish uchun «noan’anaviy yechimlar»ni muhokama qilmoqda. Masalan:
-
ish haftasini 4 kungacha qisqartirish;
-
odamlarni masofaviy ishga o‘tkazish.
Bu orqali suv va elektr energiyasi tejalishi kutilmoqda.
Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, suv omborlarining 80% deyarli bo‘sh. Keyinki ikki oy davomida normal suv ta’minoti imkonsiz bo‘ladi. Yaqindagi yomg‘irlar suv zahiralarini faqat kүzda to‘ldira oladi.
O‘tgan haftadayoq Tehron va yana 50 ta shaharda suv ta’minoti cheklandi — suv o‘chirilish muddatlari 12 soatdan 48 soatgacha bo‘ldi. Bu oqibatda ko‘plab aholi Kaspiy dengizi tomon, Eron shimoliga ko‘chib ketdi, chunki u yerda suv tanqisligi yo‘q.
Poytaxtni ko‘chirish mumkin
Prezident Masud Pezeshkiyanning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat shunchalik jiddiyki, hatto poytaxtni boshqa shaharga ko‘chirish masalasi ham muhokamada:
«Tehronda haqiqatdan ham suv qolmagan», — dedi u.
📌 Tehron aholisi — 14 milliondan ziyod.
BILD tahliliga ko‘ra, bu inqirozning sababi — ko‘p yillik qurg‘oqchilik va islomchi hokimiyatning ekologik siyosatni inkor qilib kelgani. Suv infratuzilmasiga investisiya qilish o‘rniga, Eron rahbariyati Yaqin Sharqdagi terrorchilik guruhlarini moliyalashtirishga mablag‘ yo‘naltirgan.
📷 Suratda — Tehronni suv bilan ta’minlaydigan Jajrud daryosi, u bu yilning mart oyidayoq deyarli qurib qolgan.
