Magistrlar 2-kursda ham to‘lovlar super kontrakt miqdorida undirilayotganidan norozi

Magistrlar 2-kursda ham to‘lovlar super kontrakt miqdorida undirilayotganidan norozi

2-bosqich magistratura talabalari ijtimoiy tarmoqlar orqali bu yilgi o‘quv jarayoni uchun amalga oshiriladigan to‘lov shartnoma pullarining qimmatligidan norozi bo‘lib murojaat yo‘llashmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi holatni izohladi.

Unga ko‘ra, davlat rahbarining 2021 yil 22 iyundagi PQ–5157-sonli va 2022 yil 15 iyundagi PQ–279-sonli qarorlarida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilinganlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanishi ko‘rsatilgan.

Qarorlarga muvofiq, magistratura (klinik ordinatura)ga o‘tgan o‘quv yilida qo‘shimcha qabul qilingan talabalar belgilangan to‘lov-kontrakt summasini shartnomaga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida ham shu miqdorda to‘lashlari lozim.

"Ammo ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tartibdagi to‘lov miqdori noto‘g‘ri, ya’ni oshirilgan yoki tabaqalashtirilgan (super) kontrakt sifatida undirilayotgani talqin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu to‘lov miqdori oshirilgan yoki super kontrakt hisoblanmaydi.

Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan talabalar va ularning yaqinlaridan to‘lovlar borasida savol tug‘ilganda rasmiy manbalarga tayanishlari, asossiz xabarlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz", – deyiladi vazirlik izohida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!