Lukashenko 5 noyabrdan prezident sifatida tan olinmaydi

Lukashenko 5 noyabrdan prezident sifatida tan olinmaydi

Evroparlament Aleksandr Lukashenkoni 5 noyabrdan boshlab respublika rahbari deb hisoblashdan to‘xtashlari haqida bayonot berdi.

"Amaldagi avtoritar yetakchi Aleksandr Lukashenkoning vakolatlari muddati tugashi bilan <…>, parlament uni mamlakat prezidenti sifatida boshqa tan olmaydi", - deyiladi rezolyusiyada.

Shu hujjatda Yevroparlament belarus muxolifati muvofiqlashtirish kengashini "xalqning muvaqqat vakili" sifatida tan olgan va saylovlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, Yevroparlament Lukashenkoga nisbatan ehtimoliy sanksiyalarni ham qo‘llab-quvvatlagan.

Belarus TIV Yevroparlamentning ushbu harakatlaridan ixlosi qaytganligini ma’lum qildi. Idora, shuningdek, o‘zini xolis va demokratik tuzilma sifatida namoyish etadigan ushbu tashkilot "burnidan nariroqqa qarashga" o‘zida siyosiy iroda topa olmaganligini qayd etgan.

Respublika kengashida rezolyusiyaning qabul qilinishi davlatning ichki ishlariga aralashuv sifatida baholandi. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ham ushbu hujjatga "ichki aralashuv" sifatida baho bergan edi. Volodinga ko‘ra, rezolyusiyaning qabul qilinishi mamlakatdagi hukumat organlarini almashtirishga bo‘lgan urinishdir.

Belarusdagi voqealar

Belarusdagi ommaviy protestlar 9 avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko g‘alaba qozongach boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozisiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya g‘alaba qozondi, deya hisoblaydi. Tixanovskayaning o‘zi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yo‘l oldi.

Aksiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan ko‘z yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina o‘qlarni ishlatishgan. So‘ngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni to‘xtatishdi.

Rasmiy ma’lumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qo‘lga olingan. IIV xabariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati ma’lumotiga ko‘ra, uch kishi qurbon bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!