Livan: Qurbonlar, raqamlar

Livan: Qurbonlar, raqamlar

Isroil armiyasining so‘nggi 24 soat ichida Livanga uyushtirgan hujumlari natijasida 37 kishi halok bo‘ldi, 151 kishi yaralandi. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning mamlakatning turli hududlariga bergan zarbalari natijasida qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot berdi.

Livan sog‘liqni saqlash vaziri Firas al-Abyad poytaxt Bayrut sharqidagi Baabda davlat kasalxonasida uyushtirgan matbuot anjumanida 2023 yil 8 oktyabrdan beri Livanda Isroil hujumlaridan 1974 kishi, jumladan 127 bola halok bo‘lganini va 9384 kishi jarohatlanganini bildirdi.

Isroil hujumlarida 40 nafar sog‘liqni saqlash va birinchi yordam xodimi ham hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qilgan Ebyad ko‘plab tibbiyot markazlari zarar ko‘rganini ta’kidladi.

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreesus JSSTning haftalik matbuot anjumanida birgina so‘nggi 24 soat ichida Livandagi Isroil hujumlarida 28 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroil hujumi ostida bo‘lgan G‘azoda 42 mingga yaqin odam, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda esa 700 dan ortiq odam halok bo‘lganini tilga olgan Gebreesus “G‘azoda 10 mingdan ortiq odam hamon bedarak yo‘qolgani, 1,9 million kishi uy-joyini tark etganini” qo‘shimcha qildi.

Isroil armiyasi kecha Livan poytaxti Beyrutda 15 xil nuqtaga havo hujumi uyushtirganini ma’lum qildi. Isroil armiyasi oxirgi kunlarda Livan janubi, shuningdek, sharqdagi Bekaa vodiysi va Bayrut janubidagi Dahiya tumaniga hujumlarni kuchaytirgan.

Xususan, Isroilning Bayrutga bergan havo hujumida Hizbullohning yangi rahbari Hoshim Sayfuddin, yuqori martabali amaldorlari va Eron Inqilobiy Gvardiyasining Quds kuchlaridagi ko‘plab zobitlar nishonga olingani xabar qilindi.

O‘z navbatida, Hizbullohning Isroil chegarasida quruqlikdan hujum qilayotgan bosqinchilardan eng kamida 17 tasin o‘ldirilganini bildirdi. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda G‘azoda “go‘daklarni izlayapmiz, lekin go‘daklar qolmabdi, 12 yoshli bir qizni o‘ldirdim, lekin go‘dak izlayapmiz”, deb chiqqan isroillik askar yo‘q qilingani rasman tasdiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!