Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalari yanada takomillashtiriladi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalari yanada takomillashtiriladi

“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta’minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-149-son, 26.09.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan hududlarda chiqindilar bilan ishlash darajasini oshirish hamda bu borada ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilikning rolini oshirish, tadbirkorlar va aholi o‘rtasida qayta aloqani to‘liq yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi quyidagilar amalga oshiriladi:

chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlarni tadbirkorlarga berish yuzasidan o‘tkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish;

sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va shoxobchalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatish imkoniyatini yaratish;

chiqindilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi barcha maxsus texnikalarga onlayn kuzatuv (GPS) tizimini o‘rnatish;

sanitar tozalash korxonalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lami bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish uchun “Call markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

sanitar tozalash korxonalari xizmat ko‘rsatuvchi hududlarning geografik chegarasi hamda aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yig‘ish maydonchalari (konteyner) joylashuvi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar berish;

abonentlarning hosil bo‘lgan chiqindilarini olib chiqib ketish grafigini ko‘rsatish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!