Erda magnit bo‘roni to‘rt kun davom etishi mumkin

Erda magnit bo‘roni to‘rt kun davom etishi mumkin

2 va 3 oktyabrda Quyoshda sodir bo‘lgan ikkita X-sinf chaqnashdan keyin magnit bo‘ronining davomiyligi to‘rt kungacha bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Koinot plazma fizikasi bo‘limi quyosh astronomiyasi va geliofizik asboblari laboratoriyasi mudiri Sergey Bogachev ma’lum qildi, deb yozadi tass.ru

Payshanba kuni Quyosh faolligining joriy siklida eng kuchli X9.0 chaqnashi sodir bo‘ldi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, plazma shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Yerga yetib borishi taxmin qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!