Ukraina Gaagadagi arbitraj sudini Rossiyani Qrim ko‘prigini demontaj qilishga majburlashga chaqirdi

 Ukraina Gaagadagi arbitraj sudini Rossiyani Qrim ko‘prigini demontaj qilishga majburlashga chaqirdi

Bu haqda Gaagadagi tinglovlarda so‘zga chiqqan Ukraina vakili Oksana Zolotareva ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ko‘prikni noqonuniy qurgan va endi xalqaro huquqqa muvofiq Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tishni ta’minlash uchun ko‘prikni buzishi kerak. "Ko‘prikni demontaj qilish — bu bo‘g‘ozdan o‘tmishda foydalangan barcha mamlakatlar kemalari va kelajakda bo‘g‘ozdan foydalanadigan kemalar uchun o‘tish joyini tiklashning yagona yo‘li", dedi Zolotareva.

Ukraina 2016 yil sentyabrida Rossiyaga qarshi arbitraj ishini boshlagan. 2020 yilda Gaagadagi arbitraj sudi o‘z yurisdiksiyasini tasdiqladi va 2024 yil 23 sentyabrda ishning mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqishlar boshlandi.

Bu ish doirasida Ukraina dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyani qo‘llashni va Rossiyadan o‘z qoidabuzarliklari, jumladan, anneksiya qilingan Qrimni Krasnodar o‘lkasi bilan bog‘lovchi Qrim ko‘prigining noqonuniy qurilishi uchun javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!