Shvesiyalik ikki o‘smir Isroilning Daniyadagi elchixonasi yaqinidagi portlashlarga aloqadorlikda ayblanmoqda

Shvesiyalik ikki o‘smir Isroilning Daniyadagi elchixonasi yaqinidagi portlashlarga aloqadorlikda ayblanmoqda

Shvesiyada yashovchi ikki o‘smir (16 va 19 yoshli) Kopengagen shimolidagi Isroil elchixonasi yaqinidagi portlashlar bo‘yicha ayblanmoqda. Avvalroq uch nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Hujum 2 oktyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. Hech kim jabrlanmadi. Isroil elchixonasi binosiga ozgina zarar yetgan.

Ayblov xulosasida aytilishicha, gumonlanuvchilarda beshta qo‘l granatasi bo‘lgan, ulardan ikkitasini elchixona tomon uloqtirishga muvaffaq bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!