"Ko‘rinmas" avtomobilning surati internet foydalanuvchilarining hayratiga sabab bo‘ldi (foto)

"Ko‘rinmas" avtomobilning surati internet foydalanuvchilarining hayratiga sabab bo‘ldi (foto)

Reddit foydalanuvchilari u/Tittzo taxallusli foydalanuvchi joylashtirgan "ko‘rinmas avtomobil" surati borasida bir fikrga kela olishmadi.

Surat muallifining so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining qora rangdagi avtomobilini shu darajada toza yuvganki, ma’lum bir rakursda u shaffof holda ko‘rinadi.  

Ayrim foydalanuvchilar mashinani bir ko‘rishda topa olishmaganini bildirib, ushbu suratdan hayratlanishgan.

"Uni ko‘rish uchun bir oz vaqt kerak bo‘ldi", — deb yozdi BananaCrackers101

"Afsungarlik", — deya hayratlandi mjw110905.

Ayrim foydalanuvchilar esa muallifni suratni fotomuharrirda qayta ishlaganlikda aybladi. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!