Kurash–World Series Pro dunyo mo‘’jizalari yurtida davom etadi

Kurash–World Series Pro dunyo mo‘’jizalari yurtida davom etadi

Qadimiy Nil vodiysi Liviya sahrosi bilan chegaradosh hududda, yam-yashil ekinzorlaru, finikiy palmalar o‘rnini sap-sariq qum tepaliklari egallaydigan joyda g‘ayritabiiy shamoildagi tog‘lar ko‘zga tashlanadi. Bu tog‘larning qorasi juda uzoqdan, bir necha o‘n kilometr uzoqlikdagi Qohira shahridan ham ko‘rinib turadi.

G‘aroyib ko‘rinish, geometrik aniqlik, tarixiy jozibadorlik, qudratli ulug‘vorlik bularning barchasi Misr ehromlarida mujassam. Misr ehromlari Dunyo mo‘jilari ro‘yxatiga ham kiritilgan.

7-13 iyul kunlar Mo‘jizalar yurtida ilk bora katta Kurash bayrami tashkil etiladi.

Kurash bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida Afrika chempionati va Kurash – World Series Pro turnirining Afrika qit’asi saralash bosqichlariga Qoxira shahri mezbonlik qiladi. Xalqaro Kurash assosiasiyasi, Afrika Kurash ittifoqi, Misr Kurash qo‘mitasi, Misr Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston hukumati hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur musobaqalarda qit’aning eng kuchli polvonlari kuch sinashadi.

Kurash bahslari Qoxiraning eng yirik va zamonaviy “Complex Heliopolis” yopiq sport majmuasida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mazkur kompleks 1991 yilda qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 4 ta yopiq majmuadan tashkil topgan. 16 ming tomoshabinni o‘zida sig‘dira oladigan kompleksning futbol zalida FIFA doirasida ko‘plab xalqaro uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Musobaqa dasturiga asosan 7 iyul kuni Afrika Kurash ittifoqining Boshqaruvi yig‘ilishi o‘tkaziladi. 8 iyul kuni hakamlik va murabbiylik seminari va imtihonlari boshlanadi.

9-11 iyul kunlari kattalar va yoshlar o‘rtasi Afrika chempionati bo‘lib o‘tadi.

12 iyul kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun World Series Pro turnirining Afrika qit’asi saralash bosqichi o‘z g‘oliblarini aniqlaydi.

Ma’lumot uchun: Misr Kurash qo‘mitasi 2022 yilda tashkil etilgan va shu yilning o‘zida Puna shahrida bo‘lib o‘tgan IKAning navbatdagi Kongressida a’zolikka qabul qilingan.
Kurash bo‘yicha yirik xalqaro tadbirlarda Misrda ilk marotaba tashkil etilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!